Tishabaeva Irodaxon Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1946-1991 yillarda O‘zbekiston maktabgacha tarbiya muassasalari tarixi (Andijon, Namangan, Farg‘ona oblastlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar391.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulamovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I. Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyati yillarida 1946-1991 yillar davriy chegarasida Andijon, Namangan va Farg‘ona oblastlaridagi maktabgacha tarbiya muassasalari va ularning faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalari o‘zgarishlarining uchta asosiy bosqichi aniqlanib, birinchi bosqich – 1946-1960 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish mavjud muassasalarda o‘rinlar sonini oshirish orqali hal etishga harakat qilingani, ikkinchi bosqich – 1960-1970 yillarda bir qator kichik bolalar bog‘chalari va yaslilari birlashtirilishi natijasida joylarda doimiy faoliyat yurituvchi bog‘chalarning miqdori oshib borgani, uchinchi bosqich – 1980 yillarda yangi maktabgacha tarbiya muassasalari barpo etilishi ortib borsa-da, ularning moddiy-texnik ta’minoti pastligi va bog‘chalarning aksariyati moslashtirilgan binolarda tashkil etilgani asoslangan;
1946-1991 yillarda Farg‘ona vodiysi oblastlarida maktabgacha tarbiya muassasalari soni tezlik bilan ortib borgan bo‘lsa-da, demografik vaziyatdan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq bog‘cha va yaslilarga qamrab olish imkoni bo‘lmagani asoslangan;
maktabgacha tarbiya muassasalari ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli yillar davomida yaxshilanmagani, zavod-fabrikalar, mahalliy tashkilotlar qaramog‘idagi bolalar bog‘chalarining tarbiyachilari ayni muassasa iqtisodiy holatidan kelib chiqib maosh olishi oqibatida ish haqi miqdori har xil bo‘lgani dalillangan;
maktabgacha tarbiya pedagogikasi yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura institutining ochilishi va ilmiy tadqiqot izlanishlarining olib borilishi natijasida sohani zarur ilmiy adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan qisman ta’minlashga erishilgani aniqlangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1946-1991 yillarda Andijon, Namangan va Farg‘ona oblastlaridagi maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini tadqiq etish davomida olingan natijalar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalari o‘zgarishlarining uchta asosiy bosqichi aniqlanib, birinchi bosqich – 1946-1960 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish mavjud muassasalarda o‘rinlar sonini oshirish orqali hal etishga harakat qilingani, ikkinchi bosqich – 1960-1970 yillarda bir qator kichik bolalar bog‘chalari va yaslilari birlashtirilishi natijasida joylarda doimiy faoliyat yurituvchi bog‘chalarning miqdori oshib borgani, uchinchi bosqich – 1980 yillarda yangi maktabgacha tarbiya muassasalari barpo etilishi ortib borsa-da, ularning moddiy-texnik ta’minoti pastligi va bog‘chalarning aksariyati moslashtirilgan binolarda tashkil etilgani hamda 1946-1991 yillarda Farg‘ona vodiysi oblastlarida maktabgacha tarbiya muassasalari soni tezlik bilan ortib borgan bo‘lsa-da, demografik vaziyatdan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq bog‘cha va yaslilarga qamrab olish imkoni bo‘lmaganiga doir materiallardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 03-46/9644-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Farg‘ona shahar tarixi ekspozisiyasi bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrifchilarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
maktabgacha tarbiya muassasalari ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli yillar davomida yaxshilanmagani, zavod-fabrikalar, mahalliy tashkilotlar qaramog‘idagi bolalar bog‘chalarining tarbiyachilari ayni muassasa iqtisodiy holatidan kelib chiqib maosh olishi oqibatida ish haqi miqdori har xil bo‘lgani hamda maktabgacha tarbiya pedagogikasi yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura institutining ochilishi va ilmiy tadqiqot izlanishlarining olib borilishi natijasida sohani zarur ilmiy adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan qisman ta’minlashga erishilganiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 4 iyuldagi 06-28-981-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar 1946-1991 yillarda Farg‘ona vodiysida maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyati to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlarni teletomoshabinlarga qiziqarli va mazmunli qilib etkazishga xizmat qilgan.