Axunov Akramjon Po‘latjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona oblasti va Sharqiy Turkiston o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tarixi (XIX asr 70 yillari – XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar898.
Ilmiy rahbar: O‘raqov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asrning 70 yillari-XX asr boshlarida Farg‘ona oblastining Sharqiy Turkiston hududi bilan olib borgan ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy Turkistondan Farg‘ona oblastiga aholi ko‘chishlari bir necha bosqichda davom etib, dastlabki davrda kelgan qoshg‘arliklarning katta qismini ersiz dehqonlar, yana boshqa guruhini esa avval ham Farg‘ona oblastiga kelgan savdogar, hunarmand hamda tabiblar tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi ko‘chish vaqtida aholining o‘ziga to‘q qatlamining migratsiyasi davom etganligi dalillangan;
Sharqiy Turkiston ipak mahsulotlarini tayyorlash uslubining past darajada qolishi bu sohaning Farg‘ona oblastidagi pilla etishtiriladigan punktlardan keltiriladigan ipak qurti urug‘i sifatiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
XIX asr oxirlarida Farg‘ona oblastidagi katta er maydonlarini paxta egallashi bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talab kuchayishi tufayli ortiqcha ishchi kuchlar mavjud bo‘lgan Sharqiy Turkistondan mavsumiy ishchilarning vaqtinchalik ko‘chishlari Farg‘ona oblastida ichki iste’mol bozorini ham rivojlanishiga olib kelganligi asoslangan;
XX asr boshlarida savdo aloqalarini rivojlanishi natijasida Sharqiy Turkiston manufaktura buyumlari iste’molchisiga aylanishi ortidan savdo yo‘llarini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan Andijon va Qoshg‘arni bog‘lovchi transport yo‘lini qurish loyihasi Birinchi jahon urushi boshlanishi natijasida amalga oshirilmay qolib ketganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Farg‘ona oblastining Sharqiy Turkiston bilan aloqalar tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Sharqiy Turkistondan Farg‘ona oblastiga aholi ko‘chishlari bir necha bosqichda davom etib, dastlabki davrda kelgan qoshg‘arliklarning katta qismini ersiz dehqonlar, yana boshqa guruhini esa avval ham Farg‘ona oblastiga kelgan savdogar, hunarmand hamda tabiblar tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi ko‘chish vaqtida aholining o‘ziga to‘q qatlamining migratsiyasi davom etganligi hamda Sharqiy Turkiston ipak mahsulotlarini tayyorlash uslubining past darajada qolishi bu sohaning Farg‘ona oblastidagi pilla etishtiriladigan punktlardan keltiriladigan ipak qurti urug‘i sifatiga bog‘liq ekanligi bilan bog‘liq natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati masalalari qo‘mitasining hisobotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 3 martdagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mitaning hisobot yuzasidan hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirib borish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon yaratgan;
XIX asr oxirlarida Farg‘ona oblastidagi katta er maydonlarini paxta egallashi bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talab kuchayishi tufayli ortiqcha ishchi kuchlar mavjud bo‘lgan Sharqiy Turkistondan mavsumiy ishchilarning vaqtinchalik ko‘chishlari Farg‘ona oblastida ichki iste’mol bozorini ham rivojlanishiga olib kelganligi hamda XX asr boshlarida savdo aloqalarini rivojlanishi natijasida Sharqiy Turkiston manufaktura buyumlari iste’molchisiga aylanishi ortidan savdo yo‘llarini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan Andijon va Qoshg‘arni bog‘lovchi transport yo‘lini qurish loyihasi Birinchi jahon urushi boshlanishi natijasida amalga oshirilmay qolib ketganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Andijon oblasti tarixi va madaniyati davlat muzeyi tarix bo’limi ekspozitsiyasining “Andijon hududi XIX asr o‘rtalari – XX asr boshlarida Farg‘ona oblasti tarkibida” nomli mavzusini to‘la jihozlash va shakllantirishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 4 apreldagi 01-12-01-1221-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzey ekspozisiyalarini boyitishga xizmat qilgan.