Alimov Xo‘jageldi Mustafoyevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasavvuf ta’limoti va amaliyotini tadqiq qilishning psixologik jihatlari”, 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/P28.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich, tarix fanlari doktori; Sattarov Erkinboy Niyazmetovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasavvuf ta’limoti va amaliyotining psixologik jihatlarini tahlil qilish orqali ularga nisbatan psixologik yondashuvni shakllantirish hamda uni nazariy va amaliy psixologik jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naqshbandiya tariqati asrlar osha nazariy (رشحات – g‘oyaviy tamoyillar) va amaliy (رياضة – ruhiy-axloqiy asoslar) jihatdan to‘la shakllanish bosqichlarini bosib o‘tganligi sababli zamonaviy din psixologiyasi (psychology of religion) fanining tasavvuf psixologiyasi nomli ilmiy tarmog‘iga asos bo‘la olishi isbotlangan;
Gegelning dialektika qonunlari (“Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi”, “Qarama qarshiliklar birligi va kurashi”, “Inkorning inkori”) aslida Jaloliddin Rumiyning “shakl va ma’no” (الشكل والمعنى ), “azvoj” (الأزواج - juftlik) va inkorning inkori (نفي النفي) qarashlari asosida yaratilganligi hamda mohiyatan ular tasavvufiy g‘oyalarga asoslanishi dalillangan;
islom ta’limotidagi “umid va qo‘rquv” (الخوف والرجاء) (“azvoj” - jannatdan umid va do‘zaxdan qo‘rquv) aqidasi tasavvufda Allohning roziligida jamlanishi (umid natijasidagi ishtiyoq va Yaratgandan uzilishdan qo‘rquv) darajasiga chiqishi hamda ushbu holat psixologiyada ruhiy xotirjamlikning yuqori bosqichi deb talqin qilinishi ochib berilgan;
“ruh” (الروح – g‘ayrimoddiy asosni anglatuvchi tushuncha) Isro surasining 85-oyati
(قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّنَ الْعِلْمِ إِلَّا قَلِيلًا)ga ko‘ra ilohiy masala bo‘lib, u zamonaviy psixologiyaning tadqiqot ob’ekti bo‘la olmasligi, yuksak taraqqiy qilgan materiya (miya)ning tizimli xususiyati bo‘lgan “psixika” (ψῡχικός – jonga oid, hayotga oid) esa uning ob’ekti ekanligi isbotlangan;
tasavvuf jarayonlariga doir ilmiy izlanishlarda an’anaviy psixologik metodlar (materialistik yondashuv)dan tashqari aqidaviy dunyoqarash g‘oyalari (ilohiylik prinsipi)ni qo‘llash zarurati sof diniy tushuncha bo‘lgan الفناء - “fano” (Allohga g‘arq bo‘lish, kichikning kattada yo‘q bo‘lib ketish hissi) va البقاء - “baqo” (qalbda faqatgina Allohning qolishi) misolida isbotlangan;
solik (سالك)dagi persepsiya (idrok), affektlar (hissiy-emotsional kechinmalar), tafakkur, iroda kabi psixik jarayonlarning shariat (الشريعة), tariqat (الطريقة), ma’rifat (المعرفة), haqiqat (الحقيقة) singari bosqichlarda optimallashishi radial kvadrat tizimida ifodalangan funksional struktura (tasavvuf va psixologiyaning o‘zaro bog‘liqligi)ga asoslanishi orqali dalillangan;
murid psixologiyasining ichki “asl Men”i va “niqob Men”i (odamlarning kutilmalariga mos holda shakllangan “Men”) dan iborat bo‘lgan ikkita “Men”ini (ikkiyuzlamachilik, riyo) tasavvuf amaliyoti (maxsus psixotexnik amaliyot yordamida “niqob Men”ning bartaraf etilishi) asosida yagona “Men”ga aylantirilishi shaxsning reintegratsiyasi (qaytadan jamlanishi) va dual (ikki tuzilmali) individning yaxlitlanishiga asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tasavvuf ta’limoti va amaliyotini tadqiq qilishning psixologik jihatlari” mavzusida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
naqshbandiya tariqati asrlar osha nazariy (رشحات – g‘oyaviy tamoyillar) va amaliy (رياضة – ruhiy-axloqiy asoslar) jihatdan to‘la shakllanish bosqichlarini bosib o‘tganligi sababli zamonaviy din psixologiyasi (psychology of religion) fanining tasavvuf psixologiyasi nomli ilmiy tarmog‘iga asos bo‘la olishi haqidagi ilmiy xulosalar asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv rejasiga “Din psixologiyasi”, “Ijtimoiy psixologiya va “Etnopsixologiya” fanlari kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 19-maydagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada ”Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-dekabrdagi 1186-son buyrug‘iga asosan 654-003 raqamli guvohnomaga muvofiq nashr etilgan “Din psixologiyasi” darsligi “Din psixologiyasining predmeti, vazifalari va metodlari”, “Diniy e’tiqod va meditatsiya” mavzularini yoritish uchun asos bo‘lgan;
Gegelning dialektika qonunlari (“Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi”, “Qarama qarshiliklar birligi va kurashi”, “Inkorning inkori”) aslida Jaloliddin Rumiyning “shakl va ma’no”, “azvoj” (ziddiy juftlik) va inkorning inkori qarashlari asosida yaratilganligi hamda mohiyatan ular tasavvufiy g‘oyalarga asoslanishiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining o‘quv rejasiga «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» fani kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 19-maydagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada tasavvuf va psixologiya fanlarining uyg‘unlashuvi ta’minlanishiga xizmat qilingan;
islom ta’limotidagi “umid va qo‘rquv” (“azvoj” - jannatdan umid va do‘zaxdan qo‘rquv) aqidasi tasavvufda Allohning roziligida jamlanishi (umid natijasidagi ishtiyoq va Yaratgandan uzilishdan qo‘rquv) darajasiga chiqishi hamda ushbu holat psixologiyada ruhiy xotirjamlikning yuqori bosqichi deb talqin qilinishi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning amalga oshiriladigan tadbirlarning beshinchi yo‘nalishining 239-bandiga muvofiq tarzda “Ma’rifiy islom” mazmunini tayyorlash ishlarini jadallashtirish»ni ta’minlash jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2022-yil 7-iyuldagi 1759-son ma’lumotnomasi). Natijada din sohasi vakillarining aholi turli qatlamlari ongu-shuuriga tasavvuf ta’limoti va amaliyotida ilgari surilgan xulq-atvor normalariga mos ravishda amal qilish zarurligini singdirish maqsadida olib borgan ma’ruzalarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
“ruh” (الروح – g‘ayrimoddiy asosni anglatuvchi tushuncha) Isro surasining 85-oyati
(قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّنَ الْعِلْمِ إِلَّا قَلِيلًا)ga ko‘ra ilohiy masala bo‘lib, u zamonaviy psixologiyaning tadqiqot ob’ekti bo‘la olmasligi, yuksak taraqqiy qilgan materiya (miya)ning tizimli xususiyati bo‘lgan “psixika” (ψῡχικός – jonga oid, hayotga oid) esa uning ob’ekti ekanligi to‘g‘risidagi qarash asossiz ekanligi to‘g‘risidagi xulosadan “Tasavvuf ta’limoti va amaliyoti: psixologik tahlil” kitobda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 28-iyuldagi 02-03/6073-son ma’lumotnomasi). Natijada “Teologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga nafs va psixologiya o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi ma’lumotlarning singdirilishiga xizmat qilgan;
murid psixologiyasining ichki “asl Men”i va “niqob Men”i (odamlarning kutilmalariga mos holda shakllangan “Men”) dan iborat bo‘lgan ikkita “Men”ini (ikkiyuzlamachilik, riyo) tasavvuf amaliyoti (maxsus psixotexnik amaliyot yordamida “niqob Men”ning bartaraf etilishi) asosida yagona “Men”ga aylantirilishi shaxsning reintegratsiyasi (qaytadan jamlanishi) va dual (ikki tuzilmali) individning yaxlitlanishiga asos bo‘lishi haqidagi ilmiy xulosalaridan “Tasavvuf ta’limoti va amaliyotini tadqiq qilishning psixologik jihatlari” kitobida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 18-iyuldagi 02/02/1182-son ma’lumotnoma). Natijada 5A210201 - Psixologiya (din psixologiyasi) magistratura ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlar ongiga shaxs kamolotida tasavvuf bosqichlaridagi psixik hodisalarining roli, murid psixologiyasida shaxs dualizmining reintegratsiyasi singari masalalarini aks ettiruvchi ma’lumotlarning singdirilishiga yordam bergan.