Alimkulov Elyor Abduvaliyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi diniy-mistik ramzlarning tarixiy-qiyosiy tahlili”, 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar686.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Axadjon Axmedjanovich, tarix fanlari doktori, professor; Bulatov Saidahbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi diniy-mistik ramzlarni tarixiy-qiyosiy o‘rganish va ularning mazmun-mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida fetishistik mohiyatga ega bo‘lgan buyumlar (isiriq, munchoq, qalampir) ularning mohiyatidagi “yomon ruhlardan saqlovchilik” xususiyatidan tashqari tibbiy va kundalik taskin beruvchi iste’mol vositalari bo‘lgani sababli monoteistik dinlar rivojlanganidan keyin ham amaliy san’atda bezak va etnolokal ramzga transformatsiyalashgani aniqlangan;
qadimdan Sharq xalqlarida davlatchilik timsoli sifatida talqin etilgan “yarimoy” (الهلال) ramzi XIV asrdan musulmon sarkardalar tomonidan harbiy yurishlarda maxsus-sirli belgi o‘laroq qo‘llanila boshlab, keyinchalik islom dinini anglatuvchi timsolga aylangani misolida ramzlarning zamon va makon almashinuvi natijasida doimiy o‘zgarib borishi asoslab berilgan;
olti jihat va kunni aks ettirgan geksogramma yahudiylikdagi ““מָגֵן דָוִד – Magen David”, zardushtiylikdagi “Tirik yulduz” (Zudluy kirit), hinduiylikdagi “Vishnu yulduzi” (विष्णुतारकम्, विष्णु का तारा), xristianlikdagi “Remfana yulduzi” (Ρεμφανά αστέρι) timsollari shaklida aks etgan bo‘lib, islomda ham dunyoning olti tomoniga alohida e’tibor berilgani sababli musulmon me’morchiligida (Mir Arab madrasasi, Yetti pir ziyoratgohi, Oqostona maqbarasi) ham geometrik ornament sifatida foydalanilgani ochib berilgan;
“Al-Qoida”, “Hizbut-tahrir” va “ISHID” singari ekstremistik tashkilotlar o‘z bayroqlaridagi qora rangni “Mashriq tarafdan chiqadigan qora bayroqli Mahdiy qo‘shini”ga oid Ibn Moja rivoyatidagi hadisdan olgani va bunga eng munosib jamoa haqidagi da’volari bu kabi qora bayroqli guruhlar har bir asrda paydo bo‘lganligi sababli asossiz ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tasavvuf ta’limoti va amaliyotini tadqiq qilishning psixologik jihatlari” mavzusida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida fetishistik mohiyatga ega bo‘lgan buyumlar (isiriq, munchoq, qalampir) ularning mohiyatidagi “yomon ruhlardan saqlovchilik” xususiyatidan tashqari tibbiy va kundalik taskin beruvchi iste’mol vositalari bo‘lgani sababli monoteistik dinlar rivojlanganidan keyin ham amaliy san’atda bezak va etnolokal ramzga transformatsiyalashgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyurtmasi asosidagi “Dunyo dinlari tarixi”, “Dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya” singari o‘quv qo‘llanmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 14 noyabrdagi 02-03/8704-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni dinlararo bag‘rikenglik va totuvlikka tahdid solayotgan xurujlarning oldini olish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalanishga xizmat qilgan;
qadimdan Sharq xalqlarida davlatchilik timsoli sifatida talqin etilgan “yarimoy” (الهلال) ramzi XIV asrdan musulmon sarkardalar tomonidan harbiy yurishlarda maxsus-sirli belgi o‘laroq qo‘llanila boshlab, keyinchalik islom dinini anglatuvchi timsolga aylangani misolida ramzlarning zamon va makon almashinuvi natijasida doimiy o‘zgarib borishi asoslab berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘zbekistonda o‘rta asrlar me’moriy bezaklarida ramziy ifodalarning rivojlanishi” nomli kitobida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 20 noyabrdagi 01-423-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlarining madaniy meros ob’ektlarida qo‘llanilgan diniy-mistik ramzlarning mazmun-mohiyatini tushunish imkoniyati yaratilganiga xizmat qilgan;
olti jihat va kunni aks ettirgan geksogramma yahudiylikdagi ““מָגֵן דָוִד – Magen David”, zardushtiylikdagi “Tirik yulduz” (zudluy kirit), hinduiylikdagi “Vishnu yulduzi” (विष्णुतारकम्, विष्णु का तारा), xristianlikdagi “Remfana yulduzi” (Ρεμφανά αστέρι) timsollari shaklida aks etgan bo‘lib, islomda ham dunyoning olti tomoniga alohida e’tibor berilgani sababli musulmon me’morchiligida (Mir Arab madrasasi, Yetti pir ziyoratgohi, Oqostona maqbarasi) ham geometrik ornament sifatida foydalanilgani ochib berilgani haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozisiyasining “Islomgacha Markaziy Osiyo” bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 15 noyabrdagi 849-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy jamoatchilik hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarning diniy ramzlarga oid bilimlarini oshishiga xizmat qilgan; 
“Al-Qoida”, “Hizbut-tahrir” va “ISHID” singari ekstremistik tashkilotlar o‘z bayroqlaridagi qora rangni “Mashriq tarafdan chiqadigan qora bayroqli Mahdiy qo‘shini”ga oid Ibn Moja rivoyatidagi hadisdan olgani va bunga eng munosib jamoa haqidagi da’volari bu kabi qora bayroqli guruhlar har bir asrda paydo bo‘lganligi sababli asossiz ekani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan diniy ta’lim muassasalari talabalari uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyurtmasi asosida chop etilgan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2022 yil 14 noyabrdagi 2989-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar orasida islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan diniy-mistik ramzlarni noto‘g‘ri talqin qilishning zarari to‘g‘risidagi tushunchalarning kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish