Sotvoldiyev Oybek Xayrullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad ibn Sa’d Zuhriyning “at-Tabaqot al-kubro” asari – islom tarixiga oid muhim manba”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar970.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Ashirbek Kurbanovich, tarix fanlar doktori, professor; Lutfullayev Hamidillo Murodillayevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad ibn Sa’d Zuhriy tomonidan yozilgan “at-Tabaqot al-kubro” asarining islom tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Sa’d (vaf. 230/845) islom tarixchilari orasida birinchilardan bo‘lib, Payg‘ambar (s.a.v.)ning Tavrot va Injildagi vasflari (صفته في التوراة والإنجيل), xulqlari (أخلاقه), tashqi ko‘rinishlari ( (خلقتهva vaqflari (صدقاته)singari mavzulardagi rivoyatlarni o‘z asarida alohida boblarga jamlash orqali islom tarixnavisligida shamoil (شمائل) janrining ilk namunalaridan birini yaratgani isbotlangan;
Ibn Sa’d “at-Tabaqot al-kubro” asarida Ibn Ishoq va Voqidiy kabi tarixchilarning asarlarida uchramaydigan sariyyalar (سرية – sahobiylar boshchiligidagi ekspedisiya), janglarning aniq geografik o‘rni, ishtirok etgan qo‘shinlar soni hamda musulmonlarning harbiy taktikalari haqidagi xabarlarni naql qilish orqali mag‘oziy (مغازي – ilk islom tarixidagi janglar) janrining sariyyalar tarmog‘ini tizimlashtirgani dalillangan;
“at-Tabaqot al-kubro” asarida payg‘ambarlar, xalifalar, sahobiylar, tobeiylar va muallif davrigacha yashab o‘tgan olimlar biografiyasining aniq tarixiy uzviylikda yoritilishi keyingi davrlarda “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, “Tarix al-islom”, “al-Bidoya va-n-nihoya” singari umumiy islom tarixi (التاريخ الإسلامي العام) kitoblarining yozilishiga asos bo‘lgani ochib berilgan;
Xalifa ibn Xayyot va Humayd ibn Zanjuya kabi hijriy III asr tabaqot mualliflaridan farqli o‘laroq, Ibn Sa’d sahobiylar (الصحابة) avlodini islomga kirish tarixi va nasabiga ko‘ra besh tabaqaga, tobeiylar (التابعون) avlodini esa, hadisdagi roviysi hamda yashagan davriga ko‘ra yetti tabaqaga ajratib, tabaqalar tasnifining o‘ziga xos uslubini qo‘llagani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “At-Tabaqot al-kubro” asarining islom tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Ibn Sa’d islom tarixchilari orasida birinchilardan bo‘lib, Payg‘ambar (s.a.v.)ning Tavrot va Injildagi vasflari (صفته في التوراة والإنجيل), xulqlari (أخلاقه), tashqi ko‘rinishlari ( (خلقتهva vaqflari (صدقاته) singari mavzulardagi rivoyatlarni o‘z asarida alohida boblarga jamlash orqali islom tarixnavisligida shamoil (شمائل) janrining ilk namunalaridan birini yaratgani borasidagi xulosalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk ajdodlarimiz” nomli turkum kitoblar mazmuniga singdirilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 10-fevraldagi 03-03/817-son ma’lumotnomasi). Natijada, shamoil janrining kelib chiqishiga doir yangi ma’lumotlar ilmiy jamaotchilikka yetib borishiga xizmat qilgan;
Ibn Sa’d “at-Tabaqot al-kubro” asarida Ibn Ishoq va Voqidiy kabi tarixchilarning asarlarida uchramaydigan sariyyalar (سرية – sahobiylar boshchiligidagi ekspedisiya), janglarning aniq geografik o‘rni, ishtirok etgan qo‘shinlar soni hamda musulmonlarning harbiy taktikalari haqidagi xabarlarni naql qilish orqali mag‘oziy (مغازي – ilk islom tarixidagi janglar) janrining sariyyalar tarmog‘ini tizimlashtirgani haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 7-fevraldagi 05-13/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, “at-Tabaqot al-kubro” asarining o‘ziga xos jihatlari ochib berilishiga xizmat qilgan;
“at-Tabaqot al-kubro” asarida payg‘ambarlar, xalifalar, sahobiylar, tobeiylar va muallif davrigacha yashab o‘tgan olimlar biografiyasining aniq tarixiy uzviylikda yoritilishi keyingi davrlarda “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, “Tarix al-islom”, “al-Bidoya va-n-nihoya” singari umumiy islom tarixi (التاريخ الإسلامي العام) kitoblarining yozilishiga asos bo‘lgani haqidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Sa’d ilmiy merosining keyingi davr tarixchilari ijodiga ta’sirini asoslash imkonini bergan;
Xalifa ibn Xayyot va Humayd ibn Zanjuya kabi hijriy III asr tabaqot mualliflaridan farqli o‘laroq, Ibn Sa’d sahobiylar (الصحابة) avlodini islomga kirish tarixi va nasabiga ko‘ra besh tabaqaga, tobeiylar (التابعون) avlodini esa, hadisdagi roviysi hamda yashagan davriga ko‘ra yetti tabaqaga ajratib, tabaqalar tasnifining o‘ziga xos uslubini qo‘llangani haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” va “Xalq mulki” nomli tizimli ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 08-fevraldagi 06-31-213-son ma’lumotnomasi). Natijada, “at-Tabaqot al-kubro” asarining tabaqot janriga oid manba sifatidagi o‘ziga xos jihatlarini yoritishga hissa qo‘shgan.