Jo‘rayeva Maqsuda Muhammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalarida axborotning diskursiv taqdim etilishi (funksional-pragmatik aspekt)», 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2208.
Ilmiy rahbar: Ismailov Salaxiddin Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Shirinova Raxima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fonetik, grammatik va leksik birliklardan tashkil topgan zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalariga xos bo‘lgan jihatlarni grammatik, struktur-semantik va funksional-pragmatik sathlarda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalaridagi axborot diskursining funksional-pragmatik aspekti kontekstual-diskursiv, genetik-kulturologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
gazeta sarlavhalarining mazmuni va taqdim etilish uslubiga ko‘ra fransuz matbuotida uchraydigan sarlavhalar darak saralavha, sarlavha-qayd qilish, sarlavha-rezyume yoki sharhlovchi sarlavha, paradoks-sarlavha, sarlavha-iqtibos shakllarida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
fransuz gazeta sarlavhalaridagi sintaktik munosabatlar asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda kommunikativ funksiyalari, mazmun va informatsion kogerentligi (mantiqiy-mazmuniy izchiligi)ni ta’minlashdagi ishtiroki presedent matnlar, yorqin metaforik gaplar negizida voqelanishi isbotlangan;
zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalarining adresant nuqtai nazaridan informativ, jozibali, chalg‘ituvchi, nuqsonli hamda sarlavha mazmun-mohiyatiga ko‘ra “shapka”, rukn, asosiy sarlavha, tagsarlavha kabi turlari axborot diskursining darak, so‘roq va undov gapli sarlavhalar orqali ifodalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalarida axborotning diskursiv-pragmatik aspektida tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalaridagi axborot diskursining funksional-pragmatik aspekti kontekstual-diskursiv, genetik-kulturologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-iyundagi 17.01/132-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy fransuz gazeta sarlavhalarida axborotning diskursiv taqdim etilishi va funksional-stilistik xususiyatlari, lisoniy muloqot doirasida insonlar o‘rtasida kechadigan munosabatlarning lingvokognitiv mexanizmini aniqlash imkoniyatlari kengaygan;
fransuz gazeta sarlavhalaridagi sintaktik munosabatlar asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda kommunikativ funksiyalari, mazmun va informatsion kogerentligi (mantiqiy-mazmuniy izchilligi)ni ta’minlashdagi ishtiroki presedent matnlar, yorqin metaforik gaplar negizida shakllanganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatida 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” dasturi doirasida “O‘zbekiston ziyoratgohlari va muqaddas qadamjolari” katalogini tarjima qilishda innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining 2022-yil 15-dekabrdagi 93-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari gazeta sarlavhalaridagi axborotning kundalik muloqotda tutgan o‘rni, ularning milliy, madaniy, tarixiy va ijtimoiy xususiyatlarini tadqiq etishga xizmat qilgan;
gazeta sarlavhalarining mazmuni va taqdim etilish uslubiga ko‘ra fransuz matbuotida uchraydigan sarlavhalar darak saralavha, sarlavha-qayd qilish, sarlavha-rezyume yoki sharhlovchi sarlavha, paradoks-sarlavha, sarlavha-iqtibos shakllarida namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan Buxoro viloyati “Istiqlol-TV” telekanalining “Hudud yangiliklari” informatsion dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat “Istiqlol-TV” teleradiosining 2022-yil 13-iyundagi 1812-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.