Karimova Dilafro‘z Halimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Tarjimada variantlilik va invariantlilik (aka-uka Grimm ertaklarining o‘zbekcha tarjima variantlari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil985.
Ilmiy rahbar: O‘rayeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumaniyozov Zoxid Otaboyevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tarjimada variantlilik va invariantlilik nazariyasi, kelib chiqish asoslari, paradigmatik xususiyatlarini nemis aka-uka Grimm ertaklarining o‘zbekcha tarjimalari misolida qiyosiy aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
aka-uka Grimmlar ijodiga mansub nemis ertaklarining bevosita asliyatdan hamda bilvosita rus tili orqali berilgan o‘zbekcha tarjimalari tarixi davriy nuqtai nazardan yoritilganligi tarjimada qayta tiklash jarayonining bayon etish vositalarini saqlash, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishini shartlashi asoslangan;
nemis ertaklarini tarjima qilishda variantlilik va invariantlilik hodisalarining yuzaga kelishi til, nutq va yozuvdagi orfoepik, orfografik me’yorlar talablarining o‘zgarishi, alfavitning tez-tez yangilanishi natijasida paydo bo‘lganligi, o‘z navbatida biri ikkinchisini inkor etmasligi tufayli variantlashgani isbotlangan;
nemis ertaklarining o‘zbekcha tarjima variantlari turlari orasidagi umumiy va differensial jihatlar, pragmatik, kognitiv, lingvokulturologik xususiyatlar, asliyat va o‘girma o‘rtasidagi ekvivalentlik va adekvatlik, bevosita hamda bilvosita tarjima variantlariaro aloqadorlik parametrlari va ular o‘rtasidagi tafovutning tarixiy shartlanish sabablari aniqlangan;
tarjima variantlarida mutarjimlarning tarjima usullarini uyg‘unlashtira olish hamda so‘z qo‘llash, sharq va g‘arb milliy-madaniy, mental voqeligi uyg‘unlashuvini ta’minlash, obrazni qayta yaratish mahorati, etnolingvistik bilimlarining ahamiyati, badiiy ijod rivojiga tarjimachilik faoliyatining birlamchi qiymat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarjimada variantlilik va invariantlilik hodisalari mohiyatini aka-uka Grimm ertaklarining o‘zbekcha tarjima variantlari misolida aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
aka-uka Grimmlar ijodiga mansub nemis ertaklarining bevosita asliyatdan hamda bilvosita rus tili orqali berilgan o‘zbekcha tarjimalari tarixi davriy nuqtai nazardan yoritilgan va tarjimada qayta tiklash jarayonining bayon etish vositalarini saqlash, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishiga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 25-yanvardagi 17.01/133-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dissertatsiyada o‘z asarlari bilan poetik an’analarga sadoqati barobarida individualligini to‘la namoyon eta olgan ijodkorlarning badiiy-estetik tajribalari haqidagi ilmiy xulosalar adabiyot va adabiyoshunoslik tarixini yoritish tamoyillarini belgilashda o‘z o‘rniga egaligini asoslashga xizmat qilgan;
nemis ertaklarni tarjima qilishda variantlilik va invariantlilik hodisalari yuzaga kelishida til, nutq va yozuvdagi orfoepik, orfografik me’yorlardagi talablarning o‘zgarishi, alfavitning tez-tez yangilanishi natijasida paydo bo‘lganligi, ammo biri ikkinchisini inkor etmasligi tufayli variantlashganiga nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 13-iyundagi 1745/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tarjimashunosligi va qiyosiy folklorshunosligida tarjima variantlari, invariantlilik tushunchalarining mohiyati, paydo bo‘lish omillari, nazariy qoidalari ochib berilgan;
nemis ertaklarining o‘zbekcha tarjima variantlari turlari orasidagi umumiy va differensial jihatlar, pragmatik, kognitiv, lingvokulturologik xususiyatlar, asliyat va o‘girma o‘rtasidagi ekvivalentlik va adekvatlik, bevosita hamda bilvosita tarjima variantlariaro aloqadorlik parametrlari va ular o‘rtasidagi tafovutning tarixiy shartlanish sabablari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Adabiy muhit”, “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlari, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-iyundagi 1/132-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlarni tayyorlashda buxorolik shoirlarning asarlari, ijodiy merosi, xususan, turli tizimli tillardagi asarlarni asliyatdan o‘girishda til bilish mahorati bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Bu esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashishini, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini hamda ilmiy-ommabopligi oshishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish