Bozorov Orif Chamanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Epistolyar romanda voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlari va qahramon muammosi (Iogann Volfgang fon Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” hamda Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2243.
Ilmiy rahbar: G‘aniyev Ilxom Muzafarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Zoxid Otaboyevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” va o‘zbek adibi Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlari orqali epistolyar roman janrida ijtimoiy-tarixiy voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlarini, milliy adabiyotda romanning mazkur shakli istiqbolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
epistolyar roman janrining poetik yaxlitligi maktub, nomalar shakli, epizodlardagi uyg‘unlik, suhbat shakli, vaqtlarning qorishishi, nutq qatlamlari, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati, poetik chekinishlar kabi shakl unsurlarining mazmunga mutanosibligida voqelanishi aniqlangan; 
 nemis mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote va o‘zbek xalq shoiri Iqbol Mirzo ijodiy davrlarining yuksalish, kul`minatsiya va pasayish bosqichlari real zamon va makon universumida ijtimoiy-siyosiy holat, ijodkorlarning shaxsiy dunyoqarashidagi fitriy va mohiyatan o‘zgarishlar kabi omillar ta’sirida asarlarda tasvirlangan muhabbat, fidoyilik, yolg‘izlik va xudkushlik motivlari, uning oqibatlarini ifodalash orqali shartlanishi asoslangan;
epistolyar asar yozuvchilarining o‘z ijodida epistolyar elementlardan foydalanish mahoratidagi mushtarak jihatlar hayot/o‘lim, muhabbat/iztirob, do‘stlik/xiyonat, haqiqat/yolg‘on, ishonch/ishonchsizlik kabi binar oppozisiyali syujetlar va kompozisiyalar yaratishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
epistolyar romani kompozision shaklining maktub-noma strukturaga moyilligi roman kompozisiyasi, ishq-muhabbat mavzui markaziy o‘rin tutishi, lirik-poetik uslubning qo‘llanishi, afsonaviy va so‘fiy oshiqlarga xos junun, fidoyilik, hissiyotlarining alohida ta’kidlanishi, umumiy qonuniyatlar asosida shakllanishi va rivojlanishi bilan belgilanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Epistolyar romanda voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlari va qahramon muammosini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
epistolyar roman janri poetik yaxlitligi maktub, nomalar shakli, epizodlardagi uyg‘unlik, suhbat shakli, vaqtlarning qorishishi, nutq qatlamlari, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati, poetik chekinishlar kabi shakl unsurlarining mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”; FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzusidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-martdagi 17.01/60-son ma’lumotnomasi). Natijada epistolyar roman genezisi va jahon hamda o‘zbek adabiyotida epistolyar roman kelib chiqish asoslari, xususiyat va jihatlarini ochib berishga erishilgan; 
nemis mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote va o‘zbek xalq shoiri Iqbol Mirzo ijodiy davrlarining yuksalish, kul`minatsiya va pasayish bosqichlari real zamon va makon universumida ijtimoiy-siyosiy holat, ijodkorlarning shaxsiy dunyoqarashidagi fitriy va mohiyatan o‘zgarishlar kabi omillar ta’sirida asarlarda tasvirlangan muhabbat, fidoyilik, yolg‘izlik va xudkushlik motivlari, uning oqibatlarini ifodalash orqali shartlanishiga oid nazariy xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2007-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-022 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022-yil 1-apreldagi 04/1503-son ma’lumotnomasi). Natijada turli xil tarixiy davrda, turlicha milliy-madaniy kontekstda yashab, ham she’riyat, ham nasr yo‘nalishida ijod etgan ikki shoir-adib romanlarini tadqiq etish orqali epistolyar roman janrida voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlari ochib berilgan; 
epistolyar asar yozuvchilarining o‘z ijodida epistolyar elementlardan foydalanish mahoratidagi mushtarak jihatlar hayot/o‘lim, muhabbat/iztirob, do‘stlik/xiyonat, haqiqat/yolg‘on, ishonch/ishonchsizlik kabi binar oppozisiyali syujetlar, kompozisiyalar yaratishda namoyon bo‘lishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limida 2018-2019 yillarda bajarilgan 54-10/104 raqamli “Mitti yulduz jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 22-noyabrdagi 01-03/1472-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote va O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo romanlari qiyosiy-tipologik yo‘nalishda fundamental ilmiy tadqiq etish orqali milliy adabiyoshunoslikda epistolyar roman janr sifatida tavsiflangan, epistolyar romanning jahon va milliy nasr taraqqiyotida tutgan o‘rni dalillangan;
epistolyar romani kompozision shaklining maktub-noma strukturaga moyilligi roman kompozisiyasi, ishq-muhabbat mavzui markaziy o‘rin tutishi, lirik-poetik uslubning qo‘llanishi, afsonaviy va so‘fiy oshiqlarga xos junun, fidoyilik, hissiyotlarining alohida ta’kidlanishi, umumiy qonuniyatlar asosida shakllanishi va rivojlanishi bilan belgilanganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qarshi teleradiokanalidagi “Nasaf TV” kanalining “Taqdimot” teleko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi teleradiokanalining 2022-yil 12-fevraldagi 026-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabin va radiotinglovchilarga Epistolyar romanda ijtimoiy-tarixiy voqelikni badiiy tasvir etishning o‘ziga xosligi qahramon muammosini tadqiq etish orqali ochib berilishi, “Yosh Verterning iztiroblari” va “Bonu” asarlari materialida adresatning roman qahramoni sifatidagi o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar orqali teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar saviyasining oshirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish