Bobokalonov Po‘lotshoh Ramazonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kanonik modelli fransuzcha-o‘zbekcha gaplarning sistem-struktural, lingvodidaktik va komparativ tahlili», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2242.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raupovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatolyevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi kanonik modelli gaplarning system-struktur, lingvodidaktik va komparativ tahlili asosida semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar va kanonik modelli nutqiy hosilalarning farqli va o‘xshash jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fransuz va o‘zbek tillaridagi semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar va kanonik modelli nutqiy hosilalar integral belgilarining o‘xshashligi ularning mustaqil gap shaklida kelishida, gap bo‘laklarining sintaktik aloqaga kirmaslik tabiatida, o‘zgaruvchan, g‘ayrioddiy ma’no kasb etishida, mayl-munosabat, zamon va shaxs-son shakllariga ega bo‘lmasligida, bog‘lamalarni qabul qilmaslikda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
insonning nutq madaniyatini, ijtimoiy ongini, tolerantlik ruhiyatini, muzokara yuritish qobiliyatini, kommunikativ fors-major holatlardan chiqish strategiyalarini, tabiiy muloqot o‘rnatish tamoyillarini belgilashda kanonik modelli nutqiy hosilalasning lingvomadaniy, kommukologik va neyropsixolingvistik jihatlari ustuvorligi dalillangan;
har ikkala tilda semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar va kanonik modelli nutqiy hosilalarning ierarxik gradatsiyasi kesimlikning valentlik nazariyasiga qisman aloqadorligi, o‘zaro leksik-semantik jihatdan o‘xshash va variativ xarakterda ekanligi asoslangan;
kanonik modelli nutqiy hosilalarning kognitiv, lingvistik, pragmatic, sotsiolingvistik, ekstralingvistik va intralingvistik qiymatini belgilashda mazkur birliklarning zamon paradigmasiga nisbiy aloqadorligi, geterogen (xilma-xil) jihatlari, o‘zbek tilida kesimlik ma’nolari va ko‘rsatkichlari morfologik jihatdan yaqqol ifodalanmasligi kabi omillarning ustuvorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida kanonik modelli gaplarning lingvomadaniy, lingvodidaktik, neyrolingvistik va qiyosiy pragmatik xususiyatlari tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
fransuz va o‘zbek tillaridagi semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar va kanonik modelli nutqiy hosilalar integral belgilarining o‘xshashligi ularning mustaqil gap shaklida kelishida, gap bo‘laklarining sintaktik aloqaga kirmaslik tabiatida, o‘zgaruvchan, g‘ayritabiiy ma’no kasb etishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 7-dekabrdagi 17.01/205-son ma’lumotnomasi ). Natijada loyihada nazarda tutilgan nutqiy hosilalarning millat tafakkurini shakllantirishdagi rolini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
kanonik modelli nutqiy hosilalar insonning nutq madaniyatiga, ijtimoiy ongiga, tolerantlik ruhiyatiga ta’siri va lingvodidaktik, lingvomadaniy, kommunikalogik va neyropsixolingvistik o‘rni borligi, diplomatik muzokara yuritishda, kommunikativ fors-major holatlardan chiqishda, tabiiy muloqot o‘rnatishda kanonik modelli nutqiy hosilalar zaruriyatiga doir xulosalardan Qozoqiston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyati “Ijodkor” adabiy birlashmasining faoliyatida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyatining 2022 yil 2-fevraldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada matnlarning leksik, semantik qatlamidagi leksemalarning lingvopragmatik xususiyatlarini til o‘zlashtirish asosi sifatida talqin etishga imkon bergan;
 har ikkala tilda semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar va kanonik modelli nutqiy hosilalarning ierarxik gradatsiyasi kesimlikning valentlik nazariyasiga qisman aloqadorligi, o‘zaro leksik-semantik jihatdan o‘xshash va variativ xarakterda ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18-yanvardagi 04-36-99-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy tildagi lingvodidaktik vositalarning kommunikativ nutqdagi o‘rni va rolini asoslash imkonini kengaytirishga erishilgan;
kanonik modelli nutqiy hosilalarning kognitiv, lingvistik, pragmatic, sotsiolingvistik, ektralingvistik va intralingvistik qiymatini belgilashda mazkur birliklarning zamon paradigmasiga nisbiy aloqadorligi, geterogen (xilma-xil) jihatlari, o‘zbek tilida kesimlik ma’nolari va ko‘rsatkichlari morfologik jihatdan yaqqol ifodalanmasligi kabi omillar ustuvorligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalarni bajarishda foydalanilgan. Xususan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi F3–2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 2-yanvardagi 1/04-03-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvodidaktik jihatdan nutqiy hosilalarning ijtimoiy ong va tolerantlik ruhiyati bilan bog‘liqligi, ektralingvistik va intralingvistik faktorda kommunikativ vosita sifatida reallashuvini dalillashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish