Xolmurodova Madina Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llangan “ma’naviyat” tushunchasi ifodalovchilarining ingliz tilida berilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2000.
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtasinov Ilhom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ahmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriy nasrida, xususan, “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan “ma’naviyat” tushunchasi ifodalovchilarining o‘zbek tilidagi semantik ko‘lamini aniqlash hamda ushbu ma’nolarning ingliz tiliga tarjimasi, ikki tildagi leksikografik talqinini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llanilgan “ma’naviyat” atov birliklari semantik ko‘lami hamda o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi talqiniga ko‘ra atov birliklarini ma’no dominantasiga ko‘ra “axloq”, “e’tiqod” hamda “ma’rifat” oraliq ma’no guruhlariga ajratish orqali ma’naviyat olamining umumbashariy va milliy lisoniy tasviri ochib berilgan;
tarjima ekvivalentligi hamda adekvatligini ta’minlashda Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llanilgan “ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi muqobili bo‘lmagan mikromaydon markazidagi leksemalarni transliterasiya, periferik vositalarni esa ma’noni kalkalash, ma’noni qisman o‘girish hamda izohlash usullari vositasida uzatish samaradorligi dalillangan; 
tarjima lug‘atlarida lug‘at maqolasining informativligini oshirishda o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi “ma’naviyat” atov birliklarini deskriptiv yondashuv muqobili sifatida ijobiy/salbiy munosabat asosida berilgan situativ izohning so‘z mohiyatini to‘liq ochib berishiga xizmat qilishi isbotlangan; 
Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llangan “ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi birliklar tarjimasini mukammallashtirish hamda ularni “o‘zbekcha-inglizcha” leksikografik talqinini takomillashtirishda leksik-semantik guruh doirasida sinonimik va ekvivalentlik tamoyillariga asoslangan ideografik lug‘atlarni tuzish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili va ingliz tilida “ma’naviyat” tushunchasi ifodalovchilarining qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida:
Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llanilgan “ma’naviyat” atov birliklari semantik ko‘lami hamda o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi talqiniga ko‘ra atov birliklarini ma’no dominantasiga ko‘ra “axloq”, “e’tiqod” hamda “ma’rifat” oraliq ma’no guruhlariga ajratish orqali ma’naviyat olamining umumbashariy va milliy lisoniy tasviri ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizassiyasi markazining “Uchinchi rennesans – Yangi O‘zbekiston” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 25 maydagi 412-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy romanining ingliz tiliga tarjima qilish muammolari bilan bog‘liq tahliliy umumlashmalar loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
tarjima ekvivalentligi hamda adekvatligini ta’minlashda Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llanilgan “ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi muqobili bo‘lmagan mikromaydon markazidagi leksemalarni transliterasiya, periferik vositalarni esa ma’noni kalkalash, ma’noni qisman o‘girish hamda izohlash usullari vositasida uzatish samaradorligiga oid xulosalardan Erasmus+dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” xalqaro loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 13 martdagi 06-81/5-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni barkamol, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashga bilvosita referen bo‘ladigan ma’naviyat atamalarini batafsil lingvistik va madaniy tahlil qilish imkoniyati vujudga keltirish, ingliz va o‘zbek xalqi dunyoqarashidagi ma’naviyat tushunchalarining umumiy jihatlarini aniqlash, tillarning boy ifoda imkoniyatlarini chog‘ishtirish imkoni yaratilgan;
tarjima lug‘atlarida lug‘at maqolasining informativligini oshirishda o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi “ma’naviyat” atov birliklarini deskriptiv yondashuv muqobili sifatida ijobiy/salbiy munosabat asosida berilgan situativ izohning so‘z mohiyatini to‘liq ochib berishiga xizmat qilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Qarshi davlat universitetining “English Access Microscholarship Program” AQSH Davlat Departamentining xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 11 martdagi 04/1665-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi hamroh-tarjimonlarning chet el kitobxonlariga roman mazmunini to‘g‘ri anglashi va ularga yetkazib berish bilan bog‘liq jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qilgan; 
Abdulla Qodiriy nasrida qo‘llangan “ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi birliklar tarjimasini mukammallashtirish, hamda ualrni “o‘zbekcha-inglizcha” leksikografik talqinini takomillashtirishda leksik-semantik guruh doirasida o‘quv lug‘atlarini yaratishga qaratilgan lug‘atlarni tuzish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 01-03/432-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviyatga oid terminlarning lisoniy mohiyati aniqlashtirilgan, ilmiy tasniflashning usullari ishlab chiqilgan, lug‘atlarda “ma’naviyat” atov birliklariga oid leksemalarning tarixiy-etimologik xususiyatlarini ochib berishga doir ma’lumotlar mukammallashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish