Sheraliyeva Shirin Abdisalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarning lingvomadaniy aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2321.
Ilmiy rahbar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullayev Xurshidjon Zayniyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Asqarova Shahnoza Kamaliddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarni ma’noviy, uslubiy va tuzilmaviy jihatdan chog‘ishtirish orqali ularning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat va unga xizmat qiluvchi ilm-fanning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti omillaridan biri hisoblangan din, diniy manbalar va ularning tarjimalari umumbashariy hamda milliy-madaniy qadriyatlarni antropotsentrizm tamoyillari asosida ifodalovchi diniy frazeologik fond shakllanishida muhim o‘rin tutganligi asoslangan;
turli tizimga xos bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarning chog‘ishtirma aspektda ma’noviy, tuzilmaviy tashkillanishi, miqdor va qo‘llanilish chastotasi, hamda ulardagi dunyoviy tushunchalarning o‘rni va bo‘yoqdorlik darajasini aniqlash orqali har ikki tilda mazmun va uslub jihatidan umumiylik, majoziylik jihatidan esa xususiylik namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarni lisoniy olam manzarasi elementi sifatida tadqiq qilishda ularning tarjimasidagi lingvomadaniy interferensiya, analogiya va ekvivalentlik hodisalari, shuningdek, ekvivalensiz (lakunar) birliklarni yoritish orqali diniy frazeologik birliklarni asliyatga monand ravishda yetkazish lingvomadaniy imkoniyat bilan bog‘liq ekanligi hamda optimal tarjima ikki turli madaniyatning barqaror tolerant muloqotiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillariga xos lingvomadaniyatlarning dominant lisoniy birligi hisoblangan lingvokul’turemalar sifatida diniy frazeologik birliklarni kross-madaniy tahlil qilish milliy xarakter va madaniy kodlarni ikkilamchi interpretatsiya tamoyilida qayta yaratish hamda zamonaviy kontekstda aktuallashtirish jarayonlariga asos bo‘lishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarning lingvomadaniy aspektda chog‘ishtirma tadqiq etishga oid ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
jamiyat va unga xizmat qiluvchi ilm-fanninng paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti omillaridan biri hisoblangan din, diniy manbalar va ularning tarjimalari umumbashariy hamda milliy-madaniy qadriyatlarni antropotsentrizm tamoyillari asosida ifodalovchi diniy frazeologik fond shakllanishida muhim o‘rin tutganligi lingvomadaniy yondashuviga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-91-raqamli“Markaziy Osiyoda tarixiy madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 6 oktabrdagi 04/11-6078-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy frazeologik birliklarning kelib chiqishi va ularning turli til va dinga mansub xalqlarning lingvomadaniyatida tutgan o‘rniga oid ilmiy-nazariy xulosalar ushbu dastur uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
turli tizimga xos bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarning chog‘ishtirma aspektda ma’noviy, tuzilmaviy tashkillanishi, miqdor va qo‘llanilish chastotasi, hamda ulardagi dunyoviy tushunchalarning o‘rni va bo‘yoqdorlik darajasini aniqlash orqali har ikki tilda mazmun va uslub jihatidan umumiylik, majoziylik jihatidan esa xususiylik namoyon bo‘lishi statistik ma’lumotlarga oid tahlillaridan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 6 oktabrdagi 02/622-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy yoki badiiy matn tarjimasida tarjimonning diniy frazeologik birliklarni asliyatga monand ravishda yetkazishi ikki turli madaniyatlarning tolerant va barqaror muloqotiga sabab bo‘lishiga oid materiallar mazkur dastur mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologik birliklarni lisoniy olam manzarasi elementi sifatida tadqiq qilishda ularning tarjimasidagi analogiya va ekvivalentlik hodisalari, shuningdek, ekvivalensiz (lakunar) birliklarni yoritish orqali diniy frazeologik birliklarni asliyatga monand ravishda yetkazish lingvomadaniy imkoniyat bilan bog‘liq ekanligi hamda optimal tarjima ikki turli madaniyatning barqaror tolerant muloqotiga sabab bo‘luvchi omillarga oid xulosalardan 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 18 oktabrdagi 01/4-2852-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasiga oid materiallar mazmunan boyitilgan hamda ilmiylik darajasi oshirilgan;
ingliz va o‘zbek tillariga xos lingvomadaniyatlarning dominant lisoniy birligi hisoblangan lingvokul’turemalar sifatida diniy frazeologik birliklarni kross-madaniy tahlil qilish milliy xarakter va madaniy kodlarni ikkilamchi interpretatsiya tamoyilida qayta yaratish hamda zamonaviy kontekstda aktuallashtirish jarayonlariga asos bo‘lishiga oid tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan «Ta’lim va taraqqiyot», «Hidoyat sari» radio dasturlarning 2022 yil 19 avgust, 11 sentabr oyidagi sonlarining eshittirishlar ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2022 yil 20 sentabrdagi 04-36-1543-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy frazeologik birliklarga oid tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar dasturni mazmunan boyitishga hissa qo‘shgan.