Ergashev Axmadjon Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kapitalini iqtisodiy baholash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2018.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliyev Sherbek Turaboyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kapitalini samarali boshqarish va baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari ustav kapitalini oshirish orqali moliyaviy barqarorligin ta’minlashda 2 foizgacha bo‘lgan aksiya paketlari “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPO sini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotish taklif etilgan;
tijorat banklarining o‘z mablag‘lari manbalari tarkibida taqsimlanmagan foydasining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini zaxira kapitaliga yo‘naltirish taklif etilgan;
tijorat banklari birinchi darajali kapitali yetarliligini ta’minlashda ularning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan bozor riskining umumiy risklardagi ulushi 10% dan oshmasligini ta’minlash zarurligi asoslangan;
banklar kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash uchun kapitalning konservasiya buferi risklarni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxira yaratish zarurligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kapitalini iqtisodiy baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari ustav kapitalini oshirish orqali moliyaviy barqarorligin ta’minlashda 2 foizgacha bo‘lgan aksiya paketlari “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotish taklifi «Turonbank» ATBning 2022 yil uchun «Bankning emission siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Turonbank» ATBning 2022 yil 2 dekabrdagi №16/02-97 son ma’lumotnomasi). Natijada, «Turonbank» ATBning mahalliy fond bozorida xalq IPOsini o‘tkazish tartibi asosida 2 foiz aksiyalari ommaviy savdolar orqali xususiylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilingan va bank kapitalining yetarlilik darajasi ta’minlangan;
tijorat banklarining o‘z mablag‘lari manbalari tarkibida taqsimlanmagan foydasining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini zaxira kapitaliga yo‘naltirish hisobiga ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini 25 foizgacha oshirish taklifi «Turonbank» ATBning 2022 yil uchun bankning emissiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Turonbank» ATBning 2022 yil 2 dekabrdagi №16/02-97 son ma’lumotnomasi). Natijada «Turonbank» ATB moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasi, xususan zaxira fondi hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 132,7 mlrd so‘mga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari birinchi darajali kapitali yetarliligini ta’minlashda ularning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan bozor riskining umumiy risklardagi ulushi 10 foizdan oshmasligini ta’minlash zarurligi bo‘yicha taklifi «Turonbank» ATBning 2022 yil uchun “Risklarni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Turonbank» ATBning 2022 yil 2 dekabrdagi №16/02-97 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning 2022 yil uchun risk siyosati takomillashgan, bank kapitali 705 mlrd so‘mga oshgan hamda bozor riski hajmini 5,3 foizga pasaytirishga erishilgan;
banklar kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash uchun kapitalning konservasiya buferi risklarni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxira yaratish zarurligi bo‘yicha taklifi «Turonbank» ATBning 2022 yil uchun “Bankning emission siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Turonbank» ATBning 2022 yil 2 dekabrdagi №16/02-97 son ma’lumotnomasi). Natijada «Turonbank» ATBning kapitallashuv darajasi 2022 yilda 58,2 foizga oshgan va zaxira kapitalining jami kapitaldagi ulushi 8,9 foizni tashkil etgan.