Xankelov Tavbay Qarshiyevich
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qattiq maishiy chiqindilarni zarba asosida maydalash va saralashga mo‘ljallangan mashinalarini yaratishning ilmiy asoslari”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T379.
Ilmiy maslahatchi: Asqarxodjaev Tulkun Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, prof. Sharipov Kongratbay Avezimbetovich; texnika fanlari doktori, prof. Irgashev Amirqul; texnika fanlari doktori, prof. Astanaqulov Komil Dulliyevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qattiq maishiy chiqindilarni zarba asosida qayta ishlashga mo‘ljallangan maydalash va saralash mashinalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qattiq maishiy chiqindilar xossalarini hisobga olgan holda o‘xshashlik nazariyasi va modellashtirish usullari asosida energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan va yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan maydalash va saralash mashinalarining konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
qattiq maishiy chiqindilarning massalari va radiuslari hamda fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda zarba nazariyasi asosida maydalash jarayoni qonuniyati aniqlangan va jarayon matematik modeli ishlab chiqilgan;
energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda mashinalar samaradorligini baholashning jamlovchi mezoni asosida maydalash va saralash mashinalari samaradorligini baholashning umumlashtirilgan mezonlari ishlab chiqilgan;
maishiy chiqindilarning mustahkamlik chegarasi, elastiklik moduli, hajmlari va massalarini hisobga olgan holda zarba tezligi kritik qiymatining analitik ifodasi energiyaning saqlanish qonuni asosida takomillashtirilgan;
maydalash va saralash jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tajribalarni rejalashtirish nazariyasi asosida tajriba yo‘li bilan maydalash va saralash mashinalarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
saralash jarayonida chiqindilarning olgan boshlang‘ich tezliklari, zarba burchagi va tiklanish koeffisiyentini hisobga olgan holda dinamikaning ikkinchi qonuni asosida maishiy chiqindilar uchish uzoqligini hisoblashning analitik ifodasi va kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
qattiq maishiy chiqindilarning xossalarini hisobga olgan holda integral analoglar va o‘lchamlar tahlili usullari asosida maishiy chiqindilarni maydalash va saralash jarayonlarini fizik modellashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
zarba nazariyasi asosida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda maydalash va saralash mashinalari asosiy parametrlarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qattiq maishiy chiqindilarni zarba asosida qayta ishlashga mo‘ljallangan maydalash va saralash mashinalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda olingan natijalarga asoslanib quyidagilar joriy qilindi:
qattiq maishiy chiqindilarni maydalash va saralash mashinalariga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiro va foydali modellariga patentlar olingan (№ 5865, -1999 yil; №FAP 01345-2018 yil). Natijada maishiy chiqindilarni maydalash va saralash texnologiyalarining shart va talablariga moslashuvchan va samaradorligi yuqori bo‘lgan mashinalar konstruksiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
zarba asosida ishlaydigan maydalash va saralash mashinalarining asosiy parametrlarini hisoblash uslubi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi “Toza hudud” DUK tasarrufidagi poligonlardan foydalanish tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 13 oktyabrida berilgan № 03-02/7-2222 sonli ma’lumotnomasi). Natijada energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlari 1,5-2 barobar kam bo‘lgan maydalash va saralash mashinalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
saralash jarayonida maishiy chiqindilar uchish uzoqligini hisoblashning analitik ifodasi va kompyuter dasturi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi “Toza hudud” DUK tasarrufidagi poligonlardan foydalanish tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 13 oktyabrida berilgan № 03-02/7-2222 sonli ma’lumotnomasi ). Natijada qiya metall plita bilan jihozlangan saralash mashinasining umumiy kompanovkasini ishlab chiqish va aylanuvchi rotor bilan jihozlangan saralash mashinasida esa saralash mashinasi bunkerining gabarit o‘lchamlarining ratsional qiymatlarini aniqlash imkoni yaratilgan.
qattiq maishiy chiqindilarni maydalash va saralash jarayonlarini fizik modellashtirish uslubi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi “Toza hudud” DUK tasarrufidagi poligonlardan foydalanish tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 13 oktyabrida berilgan № 03-02/7-2222 sonli ma’lumotnomasi). Natijada zarba asosida maishiy chiqindilarni maydalash va saralash mashinalarining tajriba na’munalarini yaratishga sarflanadigan harajatlar sezilarli kamaygan.
maydalash va saralash mashinalarining samaradorligini baholashning umumlashtirilgan mezonlari Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi “Toza xudud” DUK tasarrufidagi poligonlardan foydalanish tashkilotida (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yilning 13 oktyabrida berilgan № 03-02/7-2222 sonli ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada yuqori texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan maydalash va saralash mashinalarini tanlash imkoniyati yaratilgan. Bu orqali maydalash va saralash mashinalari ish unumdorligini 22-25% oshirishga erishilgan.