Qosimdjon Raxmonovning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat er kadastri axborotlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish», 06.01.10-«Er tuzish, kadastr va er monitoringi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.DSc/T517
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Umurzakov O‘ktam Pardaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldashevich – professor, texnika fanlari doktori (06.01.10-«Er tuzish, kadastr va er monitoringi»); Bazarov Abdurasul Karaxanovich-iqtisodiyot fanlari doktori, professor (08.00.05- “Iqtisodiyot va xo‘jalik boshqaruvi (er tuzish)”); To‘raev Ruxiddin Amirqulovich- texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim (06.01.10-«Er tuzish, kadastr va er monitoringi»).
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat er kadastri axborotlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat er kadastri axborotlarini ishlab chiqish uslubiyoti “er konturi”, “er uchastkasi”, “chegara belgisi” kabi axborot manbalarini nazarda tutgan holda takomillashtirilgan;
birlamchi er kadastri axborot manbai sifatida “Er konturlari kesimidagi maydonlar qaydnomasi” ni yaratishning kreativ uslubi ishlab chiqilgan;
ilk marta er uchastkasi, mahalla fuqarolar yig‘ini va ma’muriy tuman hududlarida sensorli chegara belgilarini o‘rnatishga oid takliflar ilmiy asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida er kadastri axborotlar ta’minotini texnik modernizatsiyalashning 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolli dasturi ishlab chiqilgan;
“Eravtobank” elektron dasturi, “Er uchastkalariga kadastr raqami bilan chegara belgilarini ob’ektlarga o‘rnatish”, “Tuproq bonitet ballari o‘rtacha qiymatini aniqlashda kreativ yondashuvlar modeli va algoritmi” va “Yangi er” foydali ishlanmalar asosida er kadastri axborotlarini ishlab chiqish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat er kadastri axborotlar tizimini ishlab chiqish mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
davlat er kadastri axborotlarini ishlab chiqish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining yangi tahririni va “O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida” qonunni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 sentyabrdagi, 2019 yil 30 iyul` 03-04-5725-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qonun bandlarida aks ettirilgani davlat er kadastri axborotlarini ishlab chiqishga izchil kreativ yondashuvlarga huquqiy asos va amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini beradi. Natijada er kadastri axborot tizimini ma’muriy-hududiy birliklar, er toifalari va erdan foydalanuvchi sub’ektlar bo‘yicha ishlab chiqilgan modeli er uchastkasi darajasida shakllantiriladigan ma’lumotlarni asoslanishiga xizmat qilgan;
birlamchi er kadastri axboroti manbai sifatida “Er konturlari kesimidagi maydonlar qaydnomasi”ni yaratishning taklif etilgan kreativ uslubi “O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash instituti “Geoinformkadastr” DUK amaliyotida joriy qilingan (“O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash instituti “Geoinformkadastr” DUKning 2020 yil 16 oktyabrdagi dalolatnoma). Natijada er uchastkasi miqyosida ishlab chiqiladigan er kadastri axborotlarini haqqoniyligini ta’minlashga yordam bergan;
er uchastkasi, mahalla fuqarolar yig‘ini va ma’muriy tuman hududlarida sensorli chegara belgilarini o‘rnatishga oid innovatsion texnologiyalar bo‘yicha foydali ishlanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Davlat unitar korxonasining 2018 yil 17 apreldagi №000761-son guvohnomasi). Ushbu kreativ echimlar bo‘yicha takliflarni amaliyotga joriy etilishi er konturi va er uchastkasi darajasida shakllantiriladigan er kadastri axborotlarini ishonchli, haqqoniy va shaffof bo‘lishini to‘liq ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida er kadastri axborotlar ta’minotini texnik modernizatsiyalashning 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolli dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “Geoinformkadastr” Davlat unitar korxonasi faoliyatiga joriy qilingan. (“Geoinformkadastr” Davlat unitar korxonasining 2011 yil 14 noyabrdagi dalolatnomasi). Mazkur Dasturni Respublika miqyosida amalda faoliyat yuritib kelayotgan 6 milliondan ortiq erdan foydalanuvchi sub’ektlar va ularga biriktirilgan 7 millionga yaqin er uchastkalarida shakllantirilayotgan er kadastri hujjatlarida qayd etib boriladigan axborotlar inson omili ta’sirini imkon qadar kamaytirishga xizmat qilgan;
“Eravtobank” elektron dasturi (№DGU03158.23.04.2015), “Er uchastkalariga kadastr raqami bilan chegara belgilarini ob’ektlarga o‘rnatish” (№ 000764, 17.04.2018), “Tuproq bonitet ballari o‘rtacha qiymatini aniqlashda kreativ yondashuvlar modeli va algoritmi” (№ 004730, 29.04.2022) va “Yangi er” (№000980, 22.10.2018.) foydali ishlanmalarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining guvohnomalari olingan. Ularni amaliyotga tadbig‘i natijasida er fondini er konturlari va er uchastkasi darajasidan mahalla fuqarolar yig‘ini, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi er balansini tuzish va er nazorati ishlarini ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.