Atabayeva Ma’muraxon Sadirdin qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za va uning majmuidagi ekinlarni yetishtirishda ekish oldidan ishlov berish usullarini ilmiy asoslari (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Qx210
Ilmiy maslaxatchi: Karabayev Ikramjan Turayevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01. 
Rasmiy opponentlar: Nasirov Baxtiyor Salaxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; To‘xtaqo‘ziyev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni yetishtirishda ekish oldidan minimal usulda, g‘o‘za parvarishlashda kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la pushta olinib, pushta ostiga suyuq ammiak qo‘llash texnologiyasining tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda ekinlardan yuqori va ertagi hosil yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda tuproqqa ekish oldidan ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasi ilmiy asoslangan;
kombinasion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la pushta olib, pushta ostiga azotli o‘g‘itni 100 kg/ga miqdorida suyuq ammiak shaklida qo‘llanilganda, tuproqning haydov qatlamidagi gumus miqdori 0,004 % gacha, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni parvarishlashda yerga minimal usulda ishlov berib, g‘o‘zani parvarishlash uchun kombinasion agregat yordamida ishlov berilganda esa 0,019 % gacha ortib borishiga erishilgan;
kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni parvarishlashda minimal usulda ishlov berib, g‘o‘za parvarishlash uchun kombinasion agregat yordamida ishlov berib, pushta ostiga azotni suyuq ammiak shaklida qo‘llanilganda haydov qatlamida tuproqning hajm massasini 0,060-0,087 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovaklik 2,2-3,2 % gacha, donadorlik 2,7-2,4 % gacha, suvga bardoshli fraksiyalar miqdori 6,5-4,4 % gacha, suv o‘tkazuvchanlik jami 6 soatda 154,4 m3/ga gacha ortishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy va takroriy ekin yeryong‘oqni parvarishlash uchun minimal usulda ishlov berilib, g‘o‘za parvarishlashda kombinasion agregat yordamida ishlov berib, azotli o‘g‘itni pushta ostiga suyuq ammiak shaklida qo‘llanilganda haydov qatlamda tuproqning hajm massasi 0,085-0,054 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovakligi 3,1-2,0 % gacha ortishi, takroriy ekin sifatida yeryong‘oq parvarishlanishi hisobiga esa (kungaboqar maydoniga nisbatan) hajm massasi 0,031 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovaklik esa 1,1% gacha, donadorlik 4,4-5,9 % gacha ortib borishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy, takroriy ekinlar (yasmiq, yeryong‘oq, kungaboqar, loviya) ni yetishtirishda yerga minimal usulda, kelgusi yil g‘o‘za parvarishlash uchun maydon kombinasion agregat bilan ishlov berilganda sof foydani 0,736 -3,397 ming so‘mgacha, rentabellik darajasi esa 7,0-25,6 % gacha yuqori bo‘lishi, takroriy ekin yeryong‘oq yetishtirilgan fonda g‘o‘za parvarishlandida esa sof foydani 1,300-3,150 ming so‘mgacha, rentabellik darajasini 9,5-24,3 % gacha yuqori bo‘lishi hisobiga bu texnologiyani iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi yana bir bor isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za va uning majmuidagi ekinlar ekish oldidan Tuproqqa ishlov berishni resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda ekinlardan mo‘l hosil yetishtirishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda resurstejamkor texnologiyaning samaradorligi” hamda “G‘o‘za va uning majmuidagi ekinlarni yetishtirishda ekish oldidan ishlov berish usullarini ilmiy asoslari (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)” nomli tavsiyanomlar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi №07/21-21-05/421-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar bugungi kunda fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarda g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan yerga ishlov berishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za va uning majmuidagi ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan tuproqqa resurstejamkor kombinasion agregat yordamida ishlov berilib, pushta ostiga o‘tmishdosh ekinlarning ildiz-ang‘iz qoldiqlarini hamda suyuq ammiak qo‘llash agrotexnologiyasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 185,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi №07/21-21-05/421-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika vositalarini maydonga 25-30% gacha kam kirishi natijasida tuproqning hajm massasini 0,040 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovakligini 0,2-0,5% gacha ortishi, suv o‘tkazuvchanligini 21,3-199,1 m3/ga gacha ko‘p bo‘lishiga erishilgan;
kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni yetishtirishda minimal, g‘o‘zani parvarishlashda kombinasion agregat yordamida ishlov berilib, pushta ostiga suyuq ammiak qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon tumanida 70,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi №07/21-21-05/421-son ma’lumotnomasi). Natijada, YoMM sarfini 17-18% gacha qisqarishi va ishchi kuchi xarajatlarini 30-35 % gacha kamayishi natijasida rentabellik darajasi 17,5-19,6% gacha ortishi kuzatilgan.
kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni yetishtirishda minimal, g‘o‘zani parvarishlashda kombinasion agregat yordamida ishlov berilib, pushta ostiga suyuq ammiak qo‘llash texnologiyasi Farg‘ona viloyatida 85,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi №07/21-21-05/421-son ma’lumotnomasi). Bunda, o‘tmishdosh ekin sifatida yetishtirilgan kuzgi bug‘doy va takroriy ekin yeryong‘oqni tuproqda qoldiradigan ildiz-ang‘iz qoldiqlarini chuqur ko‘milishi hamda ulardan samarali foydalanish hisobiga kelgusi yili parvarishlangan g‘o‘zaning unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanib, paxta hosili 42,9-44,6 s/ga ni tashkil etib, qo‘shimcha 3,8-4,5 s/ga gacha paxta hosili olishga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish