Kamoliddinov Ilxomjon Muxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1950.
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03. 
Rasmiy opponentlar: Sultanov Baxodir Fayzullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Boburjon Ortiqmirzayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadbirkorlik sub’yektlarida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy-ijtimoiy va moddiy-texnologik resurslardan samarali foydalanishning “a’lo” (50 < SFa ≤ 75), “yaxshi” (25 < SFy ≤ 50) “yomon” (0 < SFy ≤ 25) darajalari bo‘yicha oraliq baholash asosida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida moddiy, mehnat va tabiiy resurslardan o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik va muvofiqlikni ta’minlagan holdagi foydalanish samaradorligini baholashning umumiy ko‘rsatkichining “yuqori” (0,67-1,00), “o‘rta” (0,34-0,67), “past” (0,00-0,33) darajalarida samaradorlikni oshirish zaxiralari aniqlangan; 
hududdagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul mahalliy idoralar tomonidan asosiy iqtisodiy resurslarning amaldagi sarfining tavsiyaviy me’yorlarni ishlab chiquvchi marketing xizmati bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan; 
 “TOSHBULOQ-TEKS” MCHJ moddiy va moliyaviy xarajatlarining determinasiya koeffisenti asosida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy-ijtimoiy va moddiy-texnologik resurslardan samarali foydalanishning “a’lo” (50 < SFa ≤ 75), “yaxshi” (25 < SFy ≤ 50) “yomon” (0 < SFy ≤ 25) darajalari bo‘yicha oraliq baholash asosida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 17 noyabrdagi 48-F sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida, jumladan, “TOSHBULOQ-TEKS” MCHJning 2022 yil yakuniga ko‘ra 2021 yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 11,7 foizga oshgan; 
kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida moddiy, mehnat va tabiiy resurslardan o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik va muvofiqlikni ta’minlagan holdagi foydalanish samaradorligini baholashning umumiy ko‘rsatkichining “yuqori” (0,67-1,00), “o‘rta” (0,34-0,67), “past” (0,00-0,33) darajalarida samardorlikni oshirish zaxiralaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 17 noyabrdagi 48-F sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida, jumladan, “TOSHBULOQ-TEKS” MCHJning 2022 yil yakuniga ko‘ra 2021 yilga nisbatan sof rentabellik darajasini 7,1 foizga, mehnat va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini 3,2 foizga oshirishga erishilgan;
hududdagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul mahalliy idoralar tomonidan asosiy iqtisodiy resurslarning amaldagi sarfining tavsiyaviy me’yorlarni ishlab chiquvchi marketing xizmati bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 17 noyabrdagi 48-F sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes sub’yektlarida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirishga hamda hududiy xususiyatlardan kelib chiqib kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul mahalliy idoralar tomonidan davlat boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan; 
moddiy va moliyaviy xarajatlarining determinasiya koeffisenti asosida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “TOSHBULOQ-TEKS” MCHJda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning uzoq muddatli istiqbol parametrlarini belgilashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 17 noyabrdagi 48-F sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida “TOSHBULOQ-TEKS” MCHJning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurlardan unumli foydalanish bo‘yicha korxonaning istiqbolli darturlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish