Muzaffarova Nazokat Sharabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy to‘qimachilik materiallarini olovbardoshligini oshirish uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3247.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Murtazaev Quvondiq Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tarkibli antipirenlar olish va ular asosida tabiiy to‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshirish hamda samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pentaeritrit, mochevina, ortofosfat kislotasi, rux oksidi, magniy gidroksidi, monoetanolamin, ammofos va r-fenilendiamin kimyoviy birikmalarini oligomerlash asosida tabiiy to‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshiuvchi yangi tarkibli antipirenlar olingan;
olingan metall, fosfor va azot saqlagan FM, FPM, PA, FP va FMM markali oligomer antipirenlar bilan to‘qimachilik materiallarini 100-140oS haroratlarda modifikasiyalashning optimal nisbatlari o‘rganilgan hamda alanga ta’sir etgan maydon uzunligi 110 mm, uzulishdagi kuch 5 N ga yaxshilanganligi ilmiy isbotlangan;
tarkibida metall, fosfor va azot saqlagan oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan to‘qimachilik materiallarni massa yo‘qotilishi 97,6 % dan 20,5% gacha pasayishi hamda kislorod indeksi (KI) 35,6% ga oshganligi tajriba natijalari orqali aniqlangan;
tarkibida metall, fosfor, azot saqlagan mochevina, fosfat kislota va rux oksidi asosida FM markali oligomer antipirenlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda olovbardosh to‘qimachilik materiallarga antipirenlar sarfi 0,10 kg/m2 gacha samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy to‘qimachilik materiallarini olovbardoshligini oshirish uchun oligomer- antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi FPM, PA, FP va FMM markali oligomer – antipirenlari “Savdoenergo” AJ va “Charog‘on tekstil” MChJ ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy to‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshirishda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/25-3441-son ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh to‘qimachilik materiallari olish uchun polifunksional xususiyatga ega oligomer antipirenlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
FM markali oligomer antipirenlarni paxta tolali ip gazlama matolarida “Zif tekstil” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/25-3441-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan oligomer antipirenlarning tan narxini kamaytirish hamda iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 15-18% ga oshirish imkonini bergan.