Boymurodov Botir Panji o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu623.
Ilmiy rahbar: Saydullayev Shaxzod Alixanovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuxrat Ummataliyevich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyorov Shuxrat Namozboyevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Pespublikasida norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar referendum shaklida norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etganda unda bevosita normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi subyektga aylanishi zarurligi asoslab berilgan;
vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi norma ijodkorligi faoliyatida fuqarolar ishtirokining samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi omillar ekanligi asoslangan;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ, zarur bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqli ekanligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalarida kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi rad etilgan takliflarni rad etish sababini ko‘rsatib berishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan: 
fuqarolar referendum shaklida norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etganda bevosita normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi subyektga aylanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 18-noyabrdagi 04/10-10-189-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini belgilashga xizmat qilgan; 
norma ijodkorligi faoliyatida fuqarolar ishtirokining samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi omillar sifatida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy prinsiplarini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 18-noyabrdagi 04/10-10-189-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi oshkoralik prinsipining norma ijodkorligi faoliyatiga kirib kelishiga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ, zarur bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqli ekanligi haqidagi fikrlari O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasini takomillashtirishda inobatga olingan (Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 11-oktyabrdagi 06-13/52-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayoniga fuqarolarni jalb qilish imkoniyatini yaratgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalarida kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi rad etilgan takliflarni rad etish sababini asoslashi shartligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasini shakllantirishda e’tiborga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 18-noyabrdagi 04/10-10-189-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasining eng muhim o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish