Qurbonova Xushvaqt Ashurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zboshimchalikning jinoyat-huquqiy jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu383.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Taxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi o‘zboshimchalikning obyektiv va subyektiv belgilarining mazmuni va mohiyatini tushunishga nisbatan to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqish, uning boshqa o‘xshash jinoyatlardan farqli jihatlarini aniqlash, unga doir jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish, tergov va sud amaliyotini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar tarkibiga o‘zboshimchalik bilan jazolash nomli yangi normani jinoyat qonuniga kiritish lozimligi asoslantirilgan;
qurilish ishlarini amalga oshirgan holda sug‘oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi zarurligi asoslantirilgan;
o‘zboshimchalikni kvalifikatsiya qiluvchi belgilarini, jumladan bir guruh shaxslar tomonidan, zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilib, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda o‘zboshimchalik sodir etish holatlarini qonunga kiritish hamda ushbu jinoyat uchun jazo choralarini takomillashtirish zarurligi asoslangan;
er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarning yer uchastkasini qonunda belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlagan va qilmishning oqibatlarini bartaraf etgan shaxslarga nisbatan ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi lozimligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zboshimchalik jinoyatining jinoyat-huquqiy jihatlarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
jinoyat qonuniga “O‘zboshimchalik bilan jazolash” nomli yangi moddani kiritish to‘g‘risidagi taklif O‘zbeksiton Respublikasining Jinoyat kodeksi yangi loyihasining 
173-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi 
2022-yil 10-maydagi 27/2-83-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi o‘zboshimchalik bilan jazolash kabi ijtimoiy xavfli qilmishlarni oldini olish, ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va jazo maqsadlariga erishishga xizmat qilgan; 
o‘zboshimchalik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normasida ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni nazarda tutish lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi 
2022-yil 10-maydagi 27/2-83-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi juda ko‘p zarar yetkazib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zarar yetkazib, takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘zboshimchalik jinoyatlari uchun jazo choralarini differensiatsiya qilishga xizmat qilgan;
yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, qurilish ishlarini amalga oshirgan holda sug‘oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi harakatlar uchun javobgarlik belgilash lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-708-son) Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2291-moddasi matnini hamda moddaning ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 
2-dekabrdagi 04/2-09/5708-son dalolatnomasi) Mazkur takliflarning qabul qilinishi o‘zboshimchalik bilan sodir qilinadigan jinoyatlarni oldini olish, mazkur jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo tayinlashga xizmat qilgan; 
jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlash hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etish ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning qo‘llanilmasligiga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi rag‘batlantiruvchi normani kiritishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
16-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-708-son) Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2291-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasininng 2022-yil 
2-dekabrdagi 04/2-09/5708-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyat qonunchiligini liberallashtirishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish