O‘rinova Ozodaxon O‘ljayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Universitetlarda bo‘lajak kimuo o‘qituvshilarini kasbiu faoliuatga tauuorlash metodikasini takomillashtirish (kimuo ta’lim uo‘nalishi misolida)”.
13.00.02–Ta’lim va tarbiua nazariuasi va metodikasi (kimuo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2897.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nishonov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiu uangiligi:
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari; kompetentlilik (kompetensiyalarni tabaqalashtirish, faoliyatda kompetensiyalarni baholash, ta’lim mazmunining to‘rt kompetentlik modeli prinsipi), shaxsiy-faoliyatli (talabalarning shaxsiy tajriba va xususiyatlari hisobga olish prinsipi) yondashuvlar va kasbiy faoliyat professiogrammasini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy-metodik tayyorlash mazmuni: kasbiy faoliyatning rivojlanish darajalari va pedagogik faoliyat komponentlariga (gnostik, loyihalash, konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ, axborot, rivojlantiruvchi, yo‘naltiruvchi, mobillik) ustuvorlik berish hamda pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy mobillikni rivojlantirish asosida ochib berilgan;
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modeli kasbiy tayyorgarlik mazmunini nazariy, amaliy, kasbiy-pedagogik aspektlarini kvaziprofessional tayyorgarlik bosqichida mustaqil kasbiy rivojlanishga imkon beruvchi elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, shaxsiy mezonlarga ustuvorlik berish hamda reproduktiv, produktiv va ijodiy darajali topshiriqlar ishlab chiqish, maqsad va vazifalarning interfaol taksonomiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari; kompetentlilik (kompetensiyalarni tabaqalashtirish, faoliyatda kompetensiyalarni baholash, ta’lim mazmunining to‘rt kompetentlik modeli prinsipi), shaxsiy-faoliyatli (talabalarning shaxsiy tajriba va xususiyatlari hisobga olish prinsipi) yondashuvlar va kasbiy faoliyat professiogrammasini loyihalash asosida takomillashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 02-07-33/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kabiy faoliyatga tayyorlashda fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga erishilgan;
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy-metodik tayyorlash mazmuni: kasbiy faoliyatning rivojlanish darajalari va pedagogik faoliyat komponentlariga (gnostik, loyihalash, konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ, axborot, rivojlantiruvchi, yo‘naltiruvchi, mobillik) ustuvorlik berish hamda pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy mobillikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 02-07-33/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modeli kasbiy tayyorgarlik mazmunini nazariy, amaliy, kasbiy-pedagogik aspektlarini kvaziprofessional tayyorgarlik bosqichida mustaqil kasbiy rivojlanishga imkon beruvchi electron ta’lim resurslarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish; universitetlarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, shaxsiy mezonlarga ustuvorlik berish hamda reproduktiv, produktiv va ijodiy darajali topshiriqlar ishlab chiqish, maqsad va vazifalarning interfaol taksonomiyasi asosida takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar YOA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 02-07-33/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.