Abduvaxobov G‘iyosiddin G‘ayratjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi avlod omonimlar o‘quv lug‘ati mobil ilovasini yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1898.    
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili omonimlar o‘quv lug‘atining tarkibiy qismi sifatida leksik, affiksal va frazeologik til birliklarining omonimik paradigmasini shakllantirish, o‘quv lug‘atlarining kompyuter leksikografiyasi nuqtai nazaridan yangi avlodlarini yaratishning nazariy asoslariga tayangan holda o‘zbek tilining omonimlar mobil lug‘atini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv lug‘atlaridan foydalanishda mobil ta’lim nazariyasining multimedia, rasm, audio va shu kabi metodologik imkoniyatlari asosida yaratilgan omonimlar o‘quv lug‘ati ma’lumotlar bazasiga omograf, omoforma va omofon birliklari kiritilib, ularning lingvistik imkoniyatlari ochib berilgan;
zamonaviy elektron o‘quv lug‘atlarining asosiy vazifalari ma’lum bir sohaga oid so‘z va atamalarni to‘plash, ulardan foydalanish me’yorlarini belgilash, kommunikativ funksiyalardan iborat ekanligi aniqlangan;
elektron o‘quv lug‘atning leksik vositalarni mavzu yo‘nalishiga muvofiq tanlash, terminologik tizimda mavjud bo‘lgan mantiqiy va konseptual munosabatlarni hisobga olgan holda omonimlar lug‘atini tuzish va tizimlashtirish, kontekstli manba matn qismini kiritish uchun ensiklopedik qism yaratish, ochiqlik, ya’ni o‘quv materialini o‘zgartirish va to‘ldirish imkoniyati kabi xususiyatlari bilan bog‘liqligi dalillangan; 
omonimlar o‘quv lug‘ati mobil ilovasi uchun grammatik, leksik, matniy bilimlar bazalari asosida lingvistik ta’minot yaratilib, uni doimiy ravishda yangilab borish, yangi kirib kelayotgan omonim birliklarni kiritish imkoniyati asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi avlod omonimlar o‘quv lug‘ati mobil ilovasini yaratishning lingvistik asoslaridan
elektron o‘quv lug‘atning leksik vositalarni mavzu yo‘nalishiga muvofiq tanlash, terminologik tizimda mavjud bo‘lgan mantiqiy va konseptual munosabatlarni hisobga olgan holda omonimlar lug‘atini tuzish va tizimlashtirish, kontekstli manba matn qismini kiritish uchun ensiklopedik qism yaratish, ochiqlik, ya’ni o‘quv materialini o‘zgartirish va to‘ldirish imkoniyati kabi xususiyatlari bilan bog‘liqligi xususidagi xulosalardan 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Erasmus + xalqaro loyihasi doirasida “Class – Markaziy Osiyo universitetlarida Kompyuter lingvistikasi magistratura dasturini rivojlantirish” nomli xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 16 noyabrdagi 04/1-3158-son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini rivojlantirish, yangi avlod o‘quv lug‘atlari mohiyatini magistrantlarga yetkazish, omonimlarning ma’lumotlar bazasini yaratish orqali leksikografik tadqiqotlarning nazariy asoslarini dalillash, lug‘at yaratish mezonlarini tasniflashning ilmiy-amaliy jihatlari boyitilgan;
o‘quv lug‘atlaridan foydalanishda mobil ta’lim nazariyasining multimedia, rasm, audio va shu kabi metodologik imkoniyatlari asosida yaratilgan omonimlar o‘quv lug‘ati ma’lumotlar bazasiga omograf, omoforma va omofon birliklari kiritilib, ularning lingvistik imoniyatlaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022 yilda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 01/4-3528-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv lug‘atlarining mobil ilovasini yaratish orqali ta’lim jarayonida mobil lug‘atning interaktivligini ta’minlashga doir fikrlar ilmiy asoslangan;
omonimlar o‘quv lug‘ati mobil ilovasi uchun grammatik, leksik, matniy bilimlar bazalari asosida lingvistik ta’minot yaratilib, uni doimiy ravishda yangilab borish, yangi kirib kelayotgan omonim birliklarni kiritish imkoniyatiga oid materiallaridan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 27 dekabrdagi 04-36-2142-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning muloqot madaniyati, badiiy tafakkur, falsafiy qarashlari borasidagi bilimlari oshishiga xizmat qilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish