Eshonqulov Bunyod Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3757
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutayevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasi nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik-tashkiliy, pedagogik-psixologik, predmetli-tashkiliy, dasturiy-metodik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarga asoslangan resursli, integrativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarini bajarilishini ta’minlash hamda didaktik integratsiyaga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnologiyalar negizida kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlari uzviyligida metodologik yondashuvlar va tamoyillarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning interfaol muloqot interfeysini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan:
bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnologiyalar negizida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi intellektuallashtirilgan texnologik xaritalar mazmuniga tayyorgarlik, shakllantiruvchi, asoslovchi, joriy etish kabi algoritmik bosqichlarni singdirish hamda fikrlashning tizimliligi, mustahkamligi, bilimlarni integratsiyalash kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan raqamli ta’lim muhitini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan:
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini baholash tizimi, indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘qitishni raqamli modellashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak energetik muhandislarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak energetik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik-tashkiliy, pedagogik-psixologik, predmetli-tashkiliy, dasturiy-metodik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarga asoslangan resursli, integrativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarini bajarilishini ta’minlash hamda didaktik integratsiyaga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Farg‘ona politexnika institutlarida “Nazariy elektrotexnika” fanini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-70-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashni samarali tashkil etishga erishilgan;
bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnologiyalar negizida kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va diagnostik-natijaviy komponentlari uzviyligida metodologik yondashuvlar va tamoyillarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning interfaol muloqot interfeysini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyalar bo‘lajak energetik muhandislarni kabiy faoliyatga tayyorgarligini baholash metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnologiyalar negizida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi intellektuallashtirilgan texnologik xaritalar mazmuniga tayyorgarlik, shakllantiruvchi, asoslovchi, joriy etish kabi algoritmik bosqichlarni singdirish hamda fikrlashning tizimliligi, mustahkamligi, bilimlarni integratsiyalash kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan raqamli tizim ishlab chiqilib ta’lim jarayoniga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-70-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassaslari talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga erishilgan;