Pirimqulov Abdurahmon Eshonqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
“Hozirgi o‘zbek she’riyatida mumtoz poetik tamoyillar”, 10.00.02  –O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fil330.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Joppor Salievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar      akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Solijon, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Husniddin Pirimovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek she’riyatidagi an’anaviylik, vorisiylik, izdoshlik, o‘ziga  xoslik, ta’sir va  o‘zaro adabiy ta’sir singari mumtoz poetik tamoyillarni  zamondosh shoirlar ijodi  misolida ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamondosh shoirlarning an’anaviy mumtoz lirik janrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi  va  so‘z qo‘llash, mavzu va g‘oyani rivojlantirish, obraz yaratish, she’riy san’atlardan foydalanish kabi san’atkorlik mahorati ochib berilgan;
bag‘ishlov-madhiya xarakteridagi asarlar (qasida, marsiya, tabriknoma  mazmunidagi she’rlar, madhiya-tahsinga asoslangan bag‘ishlov va muvashshahlar, tabiiy ofat va kutilmagan kulfatlar bilan bog‘liq  bag‘ishlovlar  hamda  umumlashma mazmundagi she’rlar)  mumtoz adabiyotdagi an’ananing yangi shakllari sifatida dalillangan;
davr adabiyotida muhim o‘rin tutgan  satirik va yumoristik asarlar (E.Vohidov, A.Oripov, A.Obidjon, S.Sayyid va A.Xudoyberdi ijodi misolida) mumtoz hajvchilikning bugungi yetakchi xususiyati ekanligi ochib berilgan;
hozirgi zamon she’riyatiga xos majoziy obrazlar (bo‘ri, ot, it) tavsifi, qofiya va badiiy mantiq munosabatlari mumtoz an’analar ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
mumtoz an’analarning yashovchanligi, tahrir ehtiyoji va ehtiyojsizligi, qofiya san’atining muallif badiiy g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liqligi muayyan she’riy matnlar asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi o‘zbek she’riyatida mumtoz poetik tamoyillar” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy  natijalar asosida:
hozirgi o‘zbek she’riyatida yuzaga  kelgan turli mumtoz lirik  janrlar,  adabiy an’analarning uzviy davomi hamda ijodiy estetik jarayon ekani, yuzaga kelgan she’riy asarlarning kitobxon ma’naviy-ruhiy ehtiyojini qondirish xususiyatlarini ko‘rsatish, she’riyatda globallashuv,  did va idrok muammolari, lirik va satirik qahramonlarning mushtarak va farqli tomonlarini ko‘rsatish,  obraz, qofiya, she’riy san’atlarning mohirona qo‘llanishi, mavzu, g‘oya, tahrir va talqin muammolari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan OT-FB–78 raqamli “O‘zbek adabiyoti 100 jildligini nashrga tayyorlash fundamental ilmiy loyiha”sini bajarishda  hamda O‘zR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida qaytadan tashkil etilayotgan  “XX asr o‘zbek adabiyoti” nomli ekspozisiyasi taqdimotida   foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-500 - son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek she’riyatining ba’zi namunalari mafkuraviy tazyiq ostida nashrdan nashrga turlicha tahrir bilan chop etilgani, uning eng maqbul birinchi – muallif variantini tiklash, bundan keyingi  nashrlarda inobatga olish lozimligi asoslangan.  Satira, yumor, tip, obraz, qahramon, prototip va bag‘ishlov turlari hamda ta’sir va o‘zaro adabiy ta’sir xususidagi mavjud ilmiy-nazariy qarashlar boyitilgan;
zamondosh shoirlarning an’anaviy mumtoz lirik janrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi  va  so‘z qo‘llash, mavzu va g‘oyani rivojlantirish, obraz yaratish, she’riy san’atlardan foydalanish kabi san’atkorlik mahorati ochib berilganligi xususidagi yangilik Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasi o‘z tadbirlarida amaliy foydalangan  (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari “Do‘stlik” hamjamiyatining 2021 yil 29 noyabrdagi 58-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasi a’zolari va o‘sha erda yashovchi o‘zbek millatiga mansub kishilar E.Vohidov va A.Oripov adabiy merosining bugungi ijtimoiy va ma’naviy hayotimiz uchun nechog‘li ahamiyat kasb etishini anglashga muvofaq bo‘lgan;
bag‘ishlov-madhiya xarakteridagi asarlar (qasida, marsiya, tabriknoma  mazmunidagi she’rlar, madhiya-tahsinga asoslangan bag‘ishlov va muvashshahlar, tabiiy ofat va kutilmagan kulfatlar bilan bog‘liq  bag‘ishlovlar  hamda  umumlashma mazmundagi she’rlar)  mumtoz adabiyotdagi an’ananing yangi shakllari sifatida dalillanganligi xususidagi takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali  “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”  hamda  “Bedorlik”  nomli eshittirishlar tayyorlashda amaliy foydalanilgan. J.Jabborov, A.Oripov va A.O‘ktam haqidagi  hujjatli fil`mlar tayyorlashda ham dissertantning mazkur shoirlar haqidagi maqolalaridan foydalanilgan. Bugungi adabiy jarayonda faol qatnashib kelayotgan A.Xudoyberdining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan kechada dissertant shoir ijodining muhim qirralari haqida ma’ruza o‘qigan  va “Adabiy jarayon” nomli eshittirish uchun maxsus interv`yu bergan hamda 2018 yilning may oyida “Hafta mehmoni” ruknidagi adabiy eshittirishda asosiy hamsuhbat sifatida ishtirok etgan va hozirgi o‘zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari haqida diqqatga molik fikrlarni bayon qilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 dekabrdagi 04-25-1912-son dalolatnomasi). Natijada ushbu tadqiqot ob’ektiga kirgan shoirlar haqidagi hujjatli teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar  mazmunli bo‘lishiga erishilgan;
mumtoz an’analarning yashovchanligi, tahrir ehtiyoji va ehtiyojsizligi, qofiya san’atining muallif badiiy g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liqligi muayyan she’riy matnlar asosida ochib berilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan adabiy kechalarda, “Adabiy tanqid” kengashining 2017 va 2021 yilgi yillik hisobotini tayyorlashda hamda uyushmaning Toshkent viloyati bo‘limi faoliyatida foydalanilgan  (Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 18 martdagi 01-03/439-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Yozuvchilar uyushmasida tayyorlangan hisobotlar mazmuni boyitilgan hamda Toshkent viloyati ijodkorlari ham hozirgi o‘zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari haqida adabiy-ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish