Uzoqov Akram Xikmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek prozasida Amir Temur obrazining gavdalanish tamoyillari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2465. 
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Xamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Dadaboyev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek prozasida Amir Temur obrazini tarixiy shaxslarning badiiy talqini darajasi, romanda tarixiy mavzuning shakllanish jarayonidagi poetik yangilik va asosiy tamoyillari, haqiqat va badiiy to‘qima, tarixiy shaxs va prototip kabi adabiy hodisalar asosida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur obrazi ishtirok etgan tarixiy asarlarda hayot haqiqati hamda badiiy to‘qimani berishda adibning portret yaratish mahorati, qahramon tasviridagi individual xususiyati, yangi tipdagi obrazlarning tasviri va bayon uslubida o‘ziga xoslik ijodkor yondashuvining mahsuli ekanligi asoslangan;
ismlar badiiy niyatning tashuvchisi, uni o‘zida mujassamlashtirgan “kvant” sifatida namoyon bo‘lishi va obrazlar tasvirida etnoruhiy ifoda, milliy donishmandlik, umuminsoniy ezgulik ifodasi zamirida o‘ziga xoslikka ega ekanligi tarixiy romanlar misolida ochib berilgan;
mustaqillik yillarida yaratilgan tarixiy romanlarda o‘tmishdagi hayotni qaytadan badiiy aks ettirish va aniq obyektiv mazmunni saqlash, madaniy an’analarning xalq, millat tafakkuri, qahramon nutqi va u bilan bog‘liq badiiy elementlari, jumladan, uning ruhiyati, ichki kechinmalariga ta’sirini ifodalashda yangicha yondoshuvlar mavjudligi misollar asosida dalillangan;
o‘zbek prozasida Amir Temur obrazining gavdalanish tamoyillarida tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini, asardagi obrazlar tizimi, tarixiy muhit va qahramon munosabati hamda poetik xususiyatlari badiiy talqin etilib, ularning shaklan bir xil, mazmunan milliy, mohiyatan umuminsoniy xarakter kasb etgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek prozasida Amir Temur obrazining gavdalanish tamoyillari masalasini tadqiq etish hamda uning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Amir Temur obrazi ishtirok etgan tarixiy asarlarda hayot haqiqati hamda badiiy to‘qimani berishda adibning portret yaratish mahorati, qahramon tasviridagi individual xususiyati, yangi tipdagi obrazlarning tasviri va bayon uslubida o‘ziga xoslik ijodkor yondashuvining mahsuli ekanligi asosida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 22-oktabrdagi 04/1-2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotida tarixiy roman janrining nazariy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari belgilanib, badiiy-estetik tahlillar mazmunining boyishiga erishilgan;
 ismlar badiiy niyatning tashuvchisi, uni o‘zida mujassamlashtirgan “kvant” sifatida namoyon bo‘lishi va obrazlar tasvirida etnoruhiy ifoda, milliy donishmandlik, umuminsoniy ezgulik ifodasi zamirida o‘ziga xoslikka ega ekanligi tarixiy romanlar misolida ochib berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 22-oktabrdagi 04/1-2906-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tarixiy romanchiligida yangilangan adabiy-estetik tafakkurning in’ikos etishi, takomil tadriji, mualliflarning badiiy mahorati muammolarini ochib berishga imkon bergan.
mustaqillik yillarida yaratilgan tarixiy romanlarda o‘tmishdagi hayotni qaytadan badiiy aks ettirish va aniq obyektiv mazmunni saqlash, madaniy an’analarning xalq, millat tafakkuri, qahramon nutqi va u bilan bog‘liq badiiy elementlari, jumladan, uning ruhiyati, ichki kechinmalariga ta’sirini ifodalashda yangicha yondoshuvlar mavjudligi misollar asosida dalillanishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Biz suv ichgan daryolar” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagidagi 558-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuv yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, uning ilmiy-ma’rifiy saviyasini yanada yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish