Saymuratova Ijobat Tursunkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek romanlarida shakl va uslub (X.Do‘stmuhammad va I.Sulton romanlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1277.
Ilmiy rahbar: Yakubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Xamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek romanlarida shakl va uslub bilan bog‘liq yangilanishlarning badiiy talqinda adabiy poetik an’ana, ijodiy o‘ziga xoslik va mushtaraklik kabi jihatlarini Xurshid Do‘stmuhammad hamda Isajon Sulton romanlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotida mavjud badiiylik moduslarini zamonaviy o‘zbek romanchiligiga ta’siri poetik nutq uslubi, rivoya tarzi, badiiy detallar funksionalligi, syujet qurilishi, shakl unsurining estetik butunlik tarkibidagi mohiyati hamda ramziy-allegorik timsollar salmog‘i ortishida namoyon bo‘lishi dalillangan;
xronologik syujet va kompozisiya, an’anaviy ifoda uslublariga tayanuvchi romanlar bilan yonma-yon tarzda modern va postmodern poetik ifoda uslublari faol qo‘llanilayotgan shakli, uslubi, badiiy tasvir hamda poetik ifoda tizimi jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga ega intellektual romanlar ham rivoj topayotganligi asoslangan;
istiqlol romanchiligida kinoya va o‘tkir qochirimlar, ramziy ishoraviylikka keng o‘rin berilganligi, epik bayonning muallif va personaj tilidan olib borishga, xotira va tasavvur faolligi negizida turli tushunchalar semantik-assotsiativ bog‘lanishlari orqali obraz yaratish, muayyan tushunchaning boshqa ishoraviy belgi-sifatlar bilan qo‘shilishidan assotsiativ kompleksni yuzaga chiqarishga intilganligi isbotlangan;
postmodern uslubdagi romanlarda xatti-harakat ong sohasi va tafakkurga ko‘chirilishi, turli obraz va motivlar aynan tafakkurda tutashib, qahramon hayoti, fikr-o‘ylariga bog‘lanishi, ongda kechayotgan voqealar yaxlit ko‘rinish sifatida shakllanishi Xurshid Do‘stmuhammad romanlari misolida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida shakl va uslub masalasini tadqiq etish hamda uning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotida mavjud badiiylik moduslarini zamonaviy o‘zbek romanchiligiga ta’siri poetik nutq uslubi, rivoya tarzi, badiiy detallar funksionalligi, syujet qurilishi, shakl unsurining estetik butunlik tarkibidagi mohiyatiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini yaratish mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 17-avgustdagi 32-32/4636-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotida roman janrining nazariy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari belgilanib, badiiy-estetik tahlillar mazmunini boyishiga erishilgan;
postmodern uslubdagi romanlarda xatti-harakat ong sohasi va tafakkurga ko‘chirilishi, turli obraz va motivlar aynan tafakkurda tutashib, qahramon hayoti, fikr-o‘ylariga bog‘lanishi, ongda kechayotgan voqealar yaxlit ko‘rinish sifatida shakllanishiga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170926459-raqamli Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 7-noyabrdagi 04/1-3061-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek romanchiligida yangilangan adabiy-estetik tafakkurning in’ikos etishi, takomil tadriji, muallif poetik mahorati muammolarini ochib berishga imkon bergan;
istiqlol romanchiligida kinoya va o‘tkir qochirimlar, ramziy ishoraviylikka keng o‘rin berilganligi, epik bayonning muallif va personaj tilidan olib borishga, xotira va tasavvur faolligi negizida turli tushunchalar semantik-assotsiativ bog‘lanishlari orqali obraz yaratish, muayyan tushunchaning boshqa ishoraviy belgi-sifatlar bilan qo‘shilishidan assotsiativ kompleksni yuzaga chiqarishga intilganligi natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalardan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorning 35-bandi doirasida keltirilgan vazifalarning ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 01-12-01-1238-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqlol davri o‘zbek romanlarini qiyosiy aspektda o‘rganish asosida adabiy ta’sir va ijodiy yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalar ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
xronologik syujet va kompozisiya, an’anaviy ifoda uslublariga tayanuvchi romanlar bilan yonma-yon tarzda modern va postmodern poetik ifoda uslublari faol qo‘llanilayotgan shakli, uslubi, badiiy tasvir hamda poetik ifoda tizimi jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga ega intellektual romanlar ham rivoj topayotganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Mutola”, “Biz suv ichgan daryolar” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-apreldagi 158- va 159-son ma’lumotnomalari). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasini yanada yuksalishiga xizmat qilgan.