Kodirov Nodir Abdusamikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Organik chiqindilar asosida gidrofoblash va stabillash ta’siriga ega sirt faol moddalarni olish texnologiyasi», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T537.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Rovshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxmudov Qobil Gafurovich, texnika fanlari doktori, professor; Saidahmedov Elyor Egamberdi o‘g‘li,texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti  .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq va suyuq dispers sistemalarning  xossalarini boshqarish uchun mahalliy organik xom ashyo asosida gidrofob va barkarorlovchi  xossaga ega suvda eruvchan sirt faol moddalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat . 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
distillangan yog‘ kislota (DYoK), ikkilamchi monoetanolamin (MEA), parafin, mineral moy asosida ammiak selitra qotishiga qarshi bo‘lgan va  gidrofob xossaga ega ChAS SFM-ni olish mumkinligi ilmiy asoslangan;
DYoK va ikkilamchi MEA nisbati 70:30 bo‘lganda sirt faolligi toza MEA ga nisbatan 8 barobar oshishi aniqlangan;
    ChAS SFM-ning tadbiq etish natijasida uning donador ammiak selitra sirtida gidrofob plyonka (qoplam) hosil qilishi va o‘g‘itni  muddatli saqlashda qotishini oldini olishi aniqlangan;
distillangan yog‘ kislotasining kub qoldig‘i, sovun ishlab chiqarish oqova suvi, Shurtan GKM ikkilamchi katalizatori, qo‘ng‘ir ko‘mir kukuni  asosida SFM GGS-1(OGS) larni donador holatida olish mumkinligi ilmiy asoslangan;  
SFM GGS-1 asosidagi past fil`tratsiya ko‘rsatkichiga va gidrofoblash ta’siriga ega emul`siya olish mumkinligi va burg‘ulash quduqlarini gilmoyali devorlarini gidrofoblash hisobiga bo‘kishi va o‘pirilishini  oldini olish mumkinligi aniqlangan; 
GGS-1 SFMlarining suvli eritmalari bilan akril polielektrolitlarning (Uniflok, K-K-9, K-9) optimal konsentratsiyasi va ular birgalikda qo‘llanilish jarayonida sinergizm effekti aniqlangan;
SFM GGS-1ning suvli eritmalar konsentratsiyasi 10% dan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganda gilmoya suspenziyalarni barqaror bo‘lishi va bu xodisa tuzilish-mexanika faktori va SFM ni adsorbsion qavatlarining  kuchli mexanik xossaga ega bo‘lganlik bilan bog‘liqligi aniqlangan;
DYoK kub qoldig‘i, neft bitumi, ikkilamchi rezina kukuni asosida   gidroizolyasion material (GIM) olish usulini ishlab chiqish mumkinligi aniqlangan, optimal parametrlar: bosim, harorat, komponentlarning nisbatlari, jarayon vaqti, komponentlarni qo‘shish tartibi ishlab chiqilgan; 
gidroizolyasion materialning struktura-mexanik xossasini hosil qilish uchun ikkilamchi rezina kukuning etarli miqdori 10% bo‘lishi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Organik chiqindilar asosida gidrofoblash va stabillash ta’siriga ega sirt faol moddalarni olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi xomashyolardan olingan burg‘ulash reagentiga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06728). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida burg‘ulash eritmasini olish imkonini bergan;
ikkilamchi xomashyolar asosida gidroizolyasion materiallar olish texnologiyasi "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tasarrufidagi “Stroykarst DPK” MChJda amaliyotga joriy etilgan ("O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2023 yil 13 mardagi 05/15-536-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltiriladigan arzon gidroizolyasion material o‘rnini bosuvchi material olish imkonini bergan;
distillangan yog‘ kislotasi kub qoldig‘i va ishlatilgan ikkilamchi katalizator asosida anion SFM olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2024 yilda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 14 martdagi OZ/Z-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltiriladigan sul`fanol` o‘rnini bosuvchi SFM olish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish