Kuvatov Zoxid Xayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirka kislotasidan zaxarlanishda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2177.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Kozlov Ivan Genrixovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sirka kislotasi bilan zaharlanish asoratlari patogenezida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromini o‘rganish asosida immun disfunksiyaning, ahamiyatini aniqlashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlangan bemorlar gospitalizatsiya qilingan kundanok qondagi interleykin-6, interleykin-10, prokal`sitonin kabi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi markyorlari oshishi aniqlangan bo‘lib, tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromining intensiv rivojlanishi kasalxona ichi pnevmoniyasi va sespis kabi asoratlar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
sirka kislotasi bilan zaharlangan bemorlarda klinik va immunologik tekshirishning maqsadga muvofiqligini asoslangan, yallig‘lanish asoratlarini prognozlash, pnevmoniya diagnostikasi uchun birinchi kuni eng sezgir va informatsion ko‘rsatkichlar - interleykin-6, interleykin-10, prokal`sitonin, D-dimer, C-reaktiv oqsil sezgirligi va informativligi uchinchi kungacha saqlanib qolishi isbotlangan;
sirka kislotasi bilan zaharlangan bemorlarda pnevmoniya rivojlanishining yuqori ehtimoli interleykin-6 qon zardobidagi konsentratsiyasi 161 pg/ml va undan ko‘p, interleykin-10 niki 66 pg/ml va undan ko‘p, prokal`sitoninniki 0,8 ng/ml va undan ko‘p va D-dimerniki 1,48 mkg/ml va undan ko‘p bo‘lishi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
ushbu bemorlarda zaharlanishning birinchi kunida o‘lim xavfi uchun sezgir va prognostik mezonlar interleykin-6 ning qon zardobidagi konsentratsiyasi 201 pg/ml va undan yuqori, interleykin-10 ning 131 ng/ml va undan yuqori, prokal`sitoninning 1,9 ng /ml va undan yuqori, D-dimerning 2,93 mkg/ml va undan yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sirka kislotasi bilan zaxarlanishda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi  bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
sirka kislotasi bilan zaharlanish asoratlari va natijalarida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromining rolini baholashga imkon beradigan «Sirka kislotasi bilan zaharlanish asoratlari va natijalarida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromining roli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 maydagi 8n-z/488-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sirka kislotasi bilan zaharlanish asoratlari va natijalarida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromining rolini aniqlash va baholash imkonini bergan;
sirka kislotasi bilan zaharlanishda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromidagi o‘zgarishlarni aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan G‘ijduvon va Buxoro tuman tibbiyot birlashmalari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyundagi  08-16054-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda shilliq qavatlar zararlanish darajasini hisobga olgan holda tashhislash, davolash va prognozlash usullarini ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish