Ibatov Nodir Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1489.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djahangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashqi burun deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrida davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi burunning qo‘shma deformatsiyasi bo‘lgan va burun ichi tuzilmalarinining korreksiyasi o‘tkazilgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan muvaffaqiyatli davolash uchun burunning nafas yoki estetik funksiyalari buzilishining ahamiyati isbotlangan;
endoskopik va sitologik tadqiqotlar asosida burun bo‘shlig‘idagi regenerativ va reparativ jarayonlarning tezligi har doim jarrohlik amali texnikasining xususiyatlariga va jarrohlik amalidan keyingi davrda qo‘llaniladigan davolashga bog‘liqligi isbotlangan;
tashqi burun deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amalidan oldin tekshirish va tayyorlash hamda ularni jarrohlik amalidan keyingi parvarishlash algoritmlarining optimal hajmi ishlab chiqilgan;
klinik-funksional tadqiqot asosida tashqi burun deformatsiyasi bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazishda burun bo‘shlig‘i epiteliysining funksiyasi va morfologiyasini tiklash uchun muhim shartlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amalidan oldingi tayyorlash va parvarishlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 8n-r/282-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotini samaradorligini oshirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyoti bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tashqi burunning deformatsiyasida jarrohlik davolashdan so‘ng burun bo‘shlig‘i jarohat jarayonini kechishining o‘ziga xosligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 8n-r/281-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi bemorlarni parvarishlash tartibini tatbiq etish va burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksiyasini tez tiklanishi imkonini bergan;
tashqi burunning deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi va Toshkent shahar 7-son shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 8n-r/134-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi natijasida endoskopik va sitologik tadqiqotlar asosida tashqi burun deformatsiyalarini jarrohlik yo‘li bilan korreksiyalashdan so‘ng burun bo‘shlig‘idagi jarohat bitishida hosil bo‘lgan qon laxtagi ostida bitish, jarroxlik amaliyotida keyingi limfatik shish, to‘qimaviy qayta tuzilish va epitelizatsiyani amalga oshirish, burun bo‘shlig‘idagi regenerativ va reparativ jarayonlarning tezligi jarrohlik amaliyotining xususiyatlari va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda qo‘llaniladigan davolash samaradorligiga bog‘liqligini imkonini bergan.