Xoshimxanova Muxayyo Abralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qimmatbaho komponentlarni gidrometallurgiya usulida ajratib olishni tadqiq qilish va Angren IES kul  chiqindilarining mikrosferalarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3467.
Ilmiy rahbar: Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren IES kul chiqindilarining mikrosferalarini qayta ishlash va qimmatbaho komponentlarni gidrometallurgiya usulida ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mineral asoslari vollastanit, kvars, kristallangan kvars, magnetit, alyuminiy silikat va boshqalar bo‘lgan o‘zgaruvchan tarkibli ko‘mir shlaklarining kimyoviy va mineralogik tarkibi aniqlangan;
Angren issiqlik elektr stansiyasi KKShChdan qimmatbaho komponentlarning fraksion, moddiy tarkibi va mineralogik xususiyatlari asoslab berilgan va kompozision kul shlaklari, kul ko‘piklari va mikrosferalar mineralogik tarkibi jihatidan bir-biridan farq qilishi aniqlangan;
kislota bilan tanlab eritish jarayonida qimmatli komponentlar eritmaga samarali o‘tishi va jarayon qattiq fazali komponentlar uchun birinchi darajali reaksiya bo‘yicha davom etishi, shuningdek, harorat ortishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi ham ortishi aniqlangan;
kompozision kul va shlak chiqindilarini kislotali eritmalarda tanlab eritish orqali ittriyni yuqori ko‘rsatkichlarda (80% dan ortiq) konsentrat holida ekstraksion ajratib olish va tozalash aniqlangan;
O:S>1 holda suv bilan reekstraksiyani amalga oshirib, ekstraktdan metall galliyni elektroliz yo‘li bilan 85% gacha ajratib olinganligi aniqlangan;
germaniy tetraxlorid va konsentrlangan xlorid kislotasi cheklangan holda aralashib, shuningdek ulardagi qo‘shimcha elementlar xloridlarining har xil eruvchanligiga asoslangan kompozision kul va shlak chiqindilarining kislotali eritmalaridan tanlab eritish orqali germaniyni ekstraksiya qilib ajratib olish asoslangan;
Angren ko‘mir issiqlik elektr stansiyalarining kul va shlak chiqindilarini sul`fat kislota eritmalarida tanlab eritish orqali skandiyni konsentratsiyalash va ajratib olish usuli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qimmatbaho komponentlarni gidrometallurgiya usulida ajratib olishni tadqiq qilish va Angren IES kul chiqindilarining mikrosferalarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision kul shlaklari chiqindilarining mikrosferalarini qayta ishlashning ishlab chiqilgan texnologiyasi «Angren IES» AJda kamyob er elementlarini boyitish uchun ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («Angren IES» AJning 2022 yil 21 dekabrdagi 10/710AN-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision kul va shlak chiqindilarining kislotali eritmalaridan ekstraksiya usuli bilan ittriy, galliy va germaniyni samarali ravishda yuqori ko‘rsatkichlar bilan 80% dan ortiq ittriy, 85% gacha galliy va germaniyni ajratib olish imkonini bergan;
kompozision kul va shlak chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun maqbul texnologik jarayonlar «Angren IES» AJda amaliyotga joriy etilgan («Angren IES» AJning 2022 yil 21 dekabrdagi 10/710AN-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalaridagi kompozision kul va shlak chiqindilarining kislotali eritmalarini tanlab eritish jarayonini optimallashtirishda skandiyni 95% gacha ekstraksion ajratib olishni asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish