Yariev Alisher Alijonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq varikoz kasalligi va uning asoratlari patogenezida yallig‘lanish mediatori hamda vena devorini qayta tiklash modifikator genlarining ahamiyati», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib704.
Ilmiy maslahatchi: Utyamishev Ravshan Gulamjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Juraeva Moxigul Azimjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gil`dieva Margarita Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoji Axmad Yasaviy nomdagi qozoq-turk tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoqning varikozli kasalliklari va uning asoratlari patogenezida matriksli metalloproteinazalar genlarining polimorfizmini baholash, erta tashxislash, rivojlanishi va klinik kechishini bashoratlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq venalari kasalligi va uning asorati rivojlanish mexanizmida qon tomirlar tonusini nazorat qilishda ishtirok etuvchi angiogenez – VEGF-A (rs2010963), MMP1 (rsl799750), MMR-12 (rs2276109) va TGF-Β1 (rs1800471) immun javobi, MTHFR (rs1801133) folat davri regulyator genlari polimorf variantlarining ahamiyati aniqlangan;
oyoq venalari kasalligi va oyoqning chuqur venalari trombozi shakllanish molekulyar mexanizmida MTHFR (rs1801133), VEGF-A (rs2010963), MMP1 (rsl799750) genlari genotipik variantlarining mustaqil o‘rni hamda genlarning allel variantlari mustaqil yoki mazkur patologiya rivojlanishida xavfning oshishi yoki kamayishi bilan sezilarli darajada assotsiatsiyalanuvchi o‘zaro ta’siri isbotlangan;
oyoq venalari kasalligi kuzatilgan bemorlarda tromboembolitik asoratning shakllanishi va yallig‘lanishga qarshi sitokin hisoblangan TGF-Β1 (rs1800471) immun javob genining noxush genotipik varianti tashuvchilari o‘rtasida sezilarli assotsiativ bog‘liqlik isbotlangan;
angiogenez regulyasiyasida bevosita ishtirokiga qaramay, oyoq venalari kasalligi va uning asorati patogenezida MMR-12 geni polimorfizmining rs2276109 mustaqil o‘rni yo‘qligi isbotlangan;
oyoq venalari kasalligining shakllanishi va uning trombotik asoratiga irsiy moyilligida  beta o‘zgaruvchan o‘sish omili (TGF-β1 geni rs1800471), qon tomir –endotelial o‘sish omili (VEGF-A geni  rs2010963), matriks metall proteinaz (MMP1 geni rsl799750 va MMR-12 geni rs2276109) metilenfolatreduktaza (MTHFR genida rs1801133) genlarining gomo- va geterozigot variantlari o‘rni hamda jalb qilinganlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq varikoz kasalligi va uning asoratlari patogenezida yallig‘lanish mediatori hamda vena devorini qayta tiklash modifikator genlarining ahamiyatini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oyoq varikoz kasalligi va uning asoratlari patogenezida yallig‘lanish mediatori hamda vena devorini qayta tiklash modifikator genlarining ahamiyatini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlarning varikoz kasalligi va flebotrombozlarni oldini olishda matriksli metalloproteinazalar genlarini erta tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 8n-z/691-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erkak fertilligi buzilishi patogenezida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi CYP1A1 va CYP2C19 genlarining eng funksional polimorf lokuslari uchrash tezligi va qiymatlari belgilash, ularning reproduktiv tizim faoliyati buzilishi shakllanishidagi hissasini ishlab chiqish imkonini bergan;
oyoq varikoz kasalligi va uning asoratlari patogenezida yallig‘lanish mediatori hamda vena devorini qayta tiklash modifikator genlarining ahamiyatini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlarning varikoz kasalligi va uning asoratlarida metilentetragidrofolatreduktaza MTHFR genini erta aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 8n-z/691-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erkak fertilligi buzilishi patogenezida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi CYP1A1 va CYP2C19 genlarining eng funksional polimorf lokuslari uchrash tezligi va qiymatlari belgilash, ularning reproduktiv tizim faoliyati buzilishi shakllanishidagi hissasini ishlab chiqish imkonini bergan;
oyoq varikoz kasalligi va uning asoratlari patogenezida yallig‘lanish mediatori hamda vena devorini qayta tiklash modifikator genlarining ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilnch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 mart 01-4/130-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi MTHFR genning rsl801133 polimorfizmini aniqlash orqali oyoq varikoz kasalligi va uning chuqur venalari trombozini erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish hamda uning kechishini bashoratlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish