Sadiev Erali Samievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma yurak nuqsonlari jarrohlikdan keyingi bronxopulmonar asoratlarini patologoanatomik tashxisoti» 14.00.15-Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2486.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyor Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Reymnazarova Gulsara Djamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak tug‘ma nuqsonlar jarrohlik amaliyotidan keyin rivojlanadigan bronxopulmonar asoratlarning morfogenezi va patomorfologik belgilari xaqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma yurak nuqsonlari jarrohlik amaliyotidan keyin kasal bolalarning klinik-anamnestik tahlili asosida ona qornida rivojlanishning birinchi davrida tug‘ma nuqsonga olib keluvchi xavfli omillariga sabab bo‘luvchi muayyan xavfli infeksiyalar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
yurak qorinchalar oralig‘i devor nuqson bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan keyingi bronxo-pul`monal asoratlar turlarining o‘ziga xosligi va har birida kasallikka xos bo‘lgan patomorfologik belgilari asoslangan;
yurak bo‘lmachalar oralig‘i nuqsoni bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan keyingi bronxo-pul`monal o‘zgarishlarning asoratlarning xayot uchun xavflilik darajasi va har birining patomorfologik o‘zgarishlari va morfogenezi isbotlangan;
aorta koarktatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan keyingi bronxo-pul`monal asoratlarning har biriga xos patomorfologik o‘zgarishlar tasnifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma yurak nuqsonlari jarrohlikdan keyingi bronxopulmonar asoratlarini patologoanatomik tashxisotini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tug‘ma yurak nuqsonlari jarrohlikdan keyingi bronxopulmonar asoratlarini patologoanatomik tashxisotini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak nuqsoni bo‘yicha jarroxlik amaliyotidagi asoratlarini patomorfologik aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/680-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘yicha jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan bolalarda rivojlangan bronxopulmonar asoratlarni makro va mikroskopik ko‘rsatkichlarni baholash orqali asoratlarni oldini olishning patologo anatomik xususityalari baholash imkonini bergan;
tug‘ma yurak nuqsonlari jarrohlikdan keyingi bronxopulmonar asoratlarini patologoanatomik tashxisotini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi, shuningdek, Xorazm va Buxoro viloyatlari patologik anatomiya byurolarining fundamental tadiqotlar amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13 martdagi 23-z/002-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy etilishi tug‘ma yurak nuqsonlaridan qorinchalar oraliq devor tug‘ma nuqsoni eng ko‘p, 23%gacha, bo‘lmachalar oralig‘i nuqsoni 16,5% gacha, aorta koarktatsiyasi 15,2% gacha uchrashi, tug‘ma nuqsonlar xavfli omili sifatida onaning homiladorlik paytida, aksariyat hollarda birinchi uch oyligida o‘tkir respirator virusli infeksiya (31,3%), kamqonlik (22,9%), sitomegalovirus (14,6%), gerpes virus (10,9%) uchraganligi kasallkni erta tashxislash va davolash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan.