Salomova Ra’no Vassiyevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim shakllarini klasterlash asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped2129.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ximmataliyev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Maxamatrasul Ergashov, texnika fanlari doktori, professor; Panjiyev Samijon Aliquloviich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim shakllarining klasterli muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarini axborot-texnologik tayyorgarligini innovatsion ta’lim shakllarining klasterli muhitida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari didaktik tamoyillar va metodologik yondashuvlarni shakllantirish orqali gnostik, konstruktiv, loyihalash, kommunikativ, tashkiliy, ekspert-baholash komponentlarni rivojlantirish asosida ta’minlangan;
bo‘lajak infaormatika fani o‘qituvchilarini ta’lim berishning innovatsion-tashkiliy shakllaridan foydalanib axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishning klasterli modeliga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun va natija komponentlarni uzviylashtirish hamda ta’lim subyektlari va hamkor tashkilotlarining klasterli o‘zaro ta’siri sharoitida informatika o‘qitishni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarini ta’lim shakllarining klasterli muhitida axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi kasbiy kompetentlikning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv komponentlarini uzviylashtirish orqali informatika o‘qitishda telekommunikatsion loyihalashni intensiv rivojlantirish hamda elektron didaktik ta’minotni raqamli texnologik mobillashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarining mutaxassisligiga xos loyihalash, ishlab chiqarish, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kasbiy sifatlarini va axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini baholashning kognitiv, motivatsion, amaliy, shaxsiy mezonlari obyektiv va subyektiv baholash metodlarini strategik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Ta’lim shakllarining klasterli muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarini axborot-texnologik tayyorgarligini innovatsion ta’lim shakllarining klasterli muhitida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari didaktik tamoyillar va metodologik yondashuvlarni shakllantirish orqali gnostik, konstruktiv, loyihalash, kommunikativ, tashkiliy, ekspert-baholash komponentlarni rivojlantirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Hisob (Calculus)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 106-402 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ishlab chiqilgan didaktik ta’minot bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak infaormatika fani o‘qituvchilarini axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishning klasterli metodik modeli hamda metodikasi informatika o‘qitishda telekommunikatsion loyihalashni intensiv rivojlantirish va elektron didaktik ta’minotni raqamli texnologik mobillashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi va “Ishonch” teleradiokompaniyalarining “Madaniy-ma’rifiy va ilmiy mazmundagi teleko‘rsatuvlari va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2023 yil 23 yanvardagi 20-son hamda Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil 24 yanvardagi 
01-16/54-son ma’lumotnomalari). Natijada, klasterli ta’lim muhitida informatika fanini samarali va axborotli o‘qitishga oid metodik tavsiyalarning ommalashuviga erishilgan; 
ta’lim shakllarining klasterli muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy xulosalaridan “Hisob (Calculus)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 106-402 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada mazkur darslik mazmuni oshishiga xizmat qilgan.
bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarini ta’lim shakllarining klasterli muhitida axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda talabalarning mutaxassisligiga xos loyihalash, ishlab chiqarish, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kasbiy sifatlarini va axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini baholashning kognitiv, motivatsion, amaliy, shaxsiy mezonlari obyektiv va subyektiv baholash metodlarini strategik rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir takliflar informatika o‘qitishning elektron va mobil ishlanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 5/12-31/01-02–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur pedagogik dasturiy mahsulotlar bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishga hamda o‘quv jarayonida ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish