Ernazarov Abdurazzoq Nizamiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4230.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim klasteri sharoitining didaktik imkoniyatlari fizik hodisalarni o‘rganishda topshiriqlar hayotiyligini ta’minlovchi fan laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish uyg‘unligining sinergetik ta’sirchanligiga ko‘ra aniqlangan;
ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘quvchilarning akademik traektoriyasini ijobiy dinamikli tashkil etishga mo‘ljallangan o‘quv topshiriqlarini fanlararo integratsiya muhitida shaxsiy o‘sish va kasbiy yo‘nalganlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari shaxsiy mushohada, tezkor qaror kabi eksperimental masalalarni yechish ko‘nikmalarini o‘quvchilarda barqaror shakllantirishning ta’limiy klasterlarini sifatga yo‘naltirilgan monitoringli muhitda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarining rivojlanganligini baholash mezonlari akademik refleksiyani namoyon etishning reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini axborotni o‘zlashtirish, qayta ishlash va foydalanish jarayoniga differensial moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteridan foydalanib o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim klasteri sharoitining didaktik imkoniyatlari fizik hodisalarni o‘rganishda topshiriqlar hayotiyligini ta’minlovchi fan laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish uyg‘unligining sinergetik ta’sirchanligiga oid tavsiyalaridan Jizzax politexnika institutida bajarilgan “AIF1/4- «Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy loyihasini (2019-2021) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax politexnika institutining 2022 yil 19 dekabrdagi 02-3157-3146-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim klasteri asosida ishlab chiqilgan innovatsion yondashuv metodi o‘quvchilarning fizika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fanga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilarning elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘quvchilarning akademik traektoriyasini ijobiy dinamikli tashkil etishga mo‘ljallangan o‘quv topshiriqlarini fanlararo integratsiya muhitida shaxsiy o‘sish va kasbiy yo‘nalganlikda qo‘llash asosidagi tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari» nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 dekabrdagi 04-36-2094-son ma’lumotnoma). Natijada, fizika fanini ta’lim klasteri asosida o‘qitishda o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishning zaruriy ko‘nikmalar tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari shaxsiy mushohada, tezkor qaror kabi eksperimental masalalarni yechish ko‘nikmalarini o‘quvchilarda barqaror shakllantirishning ta’limiy klasterlarini sifatga yo‘naltirilgan monitoringli muhitda qo‘llashga doir tavsiyalardan o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlari uchun metodik yordam sifatida foydalanilgan. Shuningdek, fizik hodisalarni o‘rganishdagi topshiriqlarning hayotiyligini ta’minlovchi loyiha ishlari, fan laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish integratsiyasiga doir yondashuvlar 7-, 10- sinflar “Fizika” darsliklari mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 16 yanvardagi 01/11-01/9-13 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim klasteri asosida ishlab chiqilgan innovatsion yondashuv metodi o‘quvchilarning fizika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘kuvchilarining fanga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.