Mamarajabov G‘ayrat Abdulxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilikning rivojlanishi va uning natijalari (1991-2020 yillar misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar620.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, dotsent; Xo‘shboqov Panji Shaymanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilikning rivojlanishi va uning natijalari (1991-2020 yillar misolida) tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilik mahsulotlari asosan azaldan xonaki ishlab chiqarishga asoslanganligi hamda o‘ziga xos uy-hunarmandchiligi xo‘jalik-madaniy an’analar asosida shakllanganligi aniqlangan;
mustaqillik yillarida ishlab chiqarish mahsulotining tovar shaklida, buyurtmaga yoki natural xo‘jalik ehtiyojlari natijasida uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etganligi dalilangan;
hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, duradgorlik tarmoqlaridagi hududiy xususiyatlari xom-ashyoga ishlov berish an’analari hamda mahsulot turlari, ularning badiiy-estetik qiymatiga ko‘ra farqlanishi aniqlangan;
hunarmandchilik bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar, marosimlar, urf-odatlar, ustoz-shogird an’analari ajdodlardan-avlodlarga o‘tib kelgan va ular mohiyatan homiy-pirlarga topinishga asoslanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilikning rivojlanishi va uning natijalari (1991-2020 yillar misolida) asosida ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilik an’analarining tarixiy taraqqiyoti, tarixiy xususiyatlari hamda urf-odatlarning tarixiy asoslariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali DUK faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali DUKning 2022 yil 19 apreldagi 06-28-719-son ma’lumotnomasi). Bu esa fikr va mulohazalar milliy hunarmandchilik bilan bog‘liq an’analar va qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda nomoddiy merosimizning ushbu namunasi misolida xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
Janubiy hududlarda o‘zbek, tojik va turkman xalqlari xo‘jaligida hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik va duradgorchilik tarmoqlaridagi tarixiy hududiy xususiyatlar hunarmandchilik markazlarida xom-ashyo ishlovi, asbob-uskunalar tuzilishi, mahsulot turlari va ularning badiiy - estetik qiymatida namoyon bo‘lishiga oid materiallardan Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondining 2022 yil 28 oktyabrdagi 01/40/28.10.2022-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari xalq amaliy san’ati durdonalarini, hunarmandchilik an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish hamda uni jahon madaniy merosining bir qismi sifatida targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilik sohasiga oid ishlab chiqarish mahsulotni tovar shaklida, markazlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda esa buyurtmaga yoki natural xo‘jalik ehtiyojlari natijasida uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etganligiga oid ma’lumotlardan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 noyabrdagi 347-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tavsiyalar hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etishga, milliy qadriyatlarni saqlash qolishga xizmat qilgan.