Annaeva Zarifa Musurmonqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston janubiy hududlarida Ekologik holat va uni barqarorlashtirish shartlari (XX asr oxiri va XXI asr boshlari)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar598.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abdulhalil Abdulhaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30. 12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Rahimova Gulchehra Sobirjonovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri va XXI asr boshlarida O‘zbekistondagi ekologik holatning ahvoli va uni barqarorlashtirish shartlarini janubiy hududlar misolida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyati davrida Respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va agrar sohada paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi hamda qishloq xo‘jaligida zaharli pereparatlar me’yoridan ortiq qo‘llanilib, janubiy hududlarda 1 gektar erga 14 kg zaharli moddalar ishlatilganligi oqibatida mintaqada ekologik muvozanat buzilib, bioxilma-xillikka jiddiy ziyon etkazilganligi dalillangan;
XX asrning 80-yillarida ekologik og‘ir vaziyat tufayli janubiy hududlarda bolalar va onalar o‘limi ko‘payib respublikada onalar va bolalar o‘limi bo‘yicha janubiy hududlar uchinchi o‘rinda turganligi mintaqada agrar sohadagi xatolar tufayli sho‘rlangan erlar yil sayin ortib borganligi jami sho‘rlangan erlar 26400 gektar, kuchsiz sho‘rlangan erlar 16350 gektar, o‘rtacha sho‘rlangan erlar 7200 gektar, kuchli sho‘rlangan erlar 2850 gektardan ortiqligi hamda erning sho‘rlanishi qisqa davrda qariyib besh baravar ko‘payganligi isbotlangan;
janubiy hududlardagi og‘ir ekologik vaziyat hamda Tojikiston alyuminiy zavodidan chiqarilayotgan ftorli gazlar tufayli Surxondaryoning shimoliy hududlari aholisi orasida flyuroliz, onkologik, virusli, allergik hamda anomal kasalliklarning ko‘payib borayotganligi asoslangan;
“Evropa tiklanish va taraqqiyot banki” ishtirokida janubiy viloyatlarda ham er sho‘rlanishini oldini olish hamda “Fransiya taraqqiyot agentligi” (FAR) ishtirokida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish, shuningdek, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, aholi salomatligini saqlash bilan bog‘liq ishlar bajarilganligi hududlar kesimida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida O‘zbekistonning janubiy hududlarida ekologik holat va uni barqarorlashtirish shartlari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
sovet hokimiyati davrida Respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va agrar sohada paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi hamda qishloq xo‘jaligida zaharli pereparatlar me’yoridan ortiq qo‘llanilib, janubiy hududlarda 1 gektar erga 14 kg zaharli moddalar ishlatilganligi oqibatida mintaqada ekologik muvozanat buzilib, bioxilma-xillikka jiddiy ziyon etkazilganligi, XX asrning 80-yillarida ekologik og‘ir vaziyat tufayli janubiy hududlarda bolalar va onalar o‘limi ko‘payib respublikada onalar va bolalar o‘limi bo‘yicha janubiy hududlar uchinchi o‘rinda turganligi mintaqada agrar sohadagi xatolar tufayli sho‘rlangan erlar yil sayin ortib borganligi jami sho‘rlangan erlar 26400 gektar, kuchsiz sho‘rlangan erlar 16350 gektar, o‘rtacha sho‘rlangan erlar 7200 gektar, kuchli sho‘rlangan erlar 2850 gektardan ortiqligi hamda erning sho‘rlanishi qisqa davrda qariyib besh baravar ko‘payganligi isbotlangan bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi”, “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 iyuldagi 06-31-850-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning sovet davrida O‘zbekistonning janubiy hududlarida ekologik vaziyatni izdan chiqish sabablari va uning ijtimoiy oqibatlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar olishga xizmat qilgan; 
janubiy hududlardagi og‘ir ekologik vaziyat hamda Tojikiston alyuminiy zavodidan chiqarilayotgan ftorli gazlar tufayli Surxondaryoning shimoliy hududlari aholisi orasida flyuroliz, onkologik, virusli, allergik hamda anomal kasalliklarning ko‘payib borayotganligi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki” ishtirokida janubiy viloyatlarda ham er sho‘rlanishini oldini olish hamda “Fransiya taraqqiyot agentligi” (FAR) ishtirokida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish, shuningdek, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, aholi salomatligini saqlash bilan bog‘liq ishlar bajarilganligi hududlar kesimida asoslangan bog‘liq ma’lumotlardan  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2020-2021 yillardagi targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 30 dekabrdagi 02-22/594-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ekologik ko‘nikmalarini yuksalishiga hamda 2022-2026 yillarda O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining oltinchi yo‘nalishidagi 79-80-maqsadlarni targ‘ibotini amalga oshirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish