Qobilov Xayrulla Xo‘jayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari (1920-1940-yillarda Surxondaryo misolida)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar910.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullayevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardayev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Mengliboyev Akmal Xolto‘rayevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari tarixini Surxondaryo misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yer-suv islohotlari arafasida Surxon vohasida pomeshchik tipidagi xo‘jaliklar bo‘lmaganligi, quloqlar aslida ishbilarmon dehqonlar ekanligi, islohotlarga siyosiy tus berilganligi, aholini ko‘chirishdan maqsad yangi paxtachilik rayonlarini tuzish bo‘lganligi dalillangan;
Surxon vohasi aholisining yerlari “hovli”, “hayat” va “dash”ga bo‘linganligi, dash yerlarining “sarkash”lardan tashkil topganligi, yersiz kishilarning “deyxon”, yollanma ishchilar esa “etim” deyilganligi, Sherobod bekligida yer solig‘i “mavliyot” deb atalganligi aniqlangan;
yer-suv islohotlari vaqtida “imom”, “amaldor”, “eshon”, “qorovulbegi”, “to‘qsabo”, “miroxur”, “mudarris”, “hoji” unvoniga ega kishilarning xo‘jaliklari siyosiy sabablarga ko‘ra tugatilganligi, boylarning ozgina qismiga imtiyoz berilganligi va bu jarayon “likvidatsiya” nomini olganligi asoslangan;
yer-suv islohotlaridan so‘ng tortib olingan yerlarda tashkil etilgan kolxozlarga Sherobod rayoni va Farg‘ona vodiysi aholisi, shuningdek, quloqlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan askarlar joylashtirilganligi, bo‘ysunmagan kishilar qatag‘on qilinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan yer-suv islohotlari va uning natijalari Surxondaryo misolida bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi asosida:
yer-suv islohotlari arafasida Surxon vohasida pomeshchik tipidagi xo‘jaliklar bo‘lmaganligi, quloqlar aslida ishbilarmon dehqonlar ekanligi, islohotlarga siyosiy tus berilganligi, aholini ko‘chirishdan maqsad yangi paxtachilik rayonlarini tuzish bo‘lganligi, Surxon vohasi aholisining yerlari “hovli”, “hayat” va “dash”ga bo‘linganligi, dash yerlarining “sarkash”lardan tashkil topganligi, yersiz kishilarning “deyxon”, yollanma ishchilar esa “etim” deyilganligi, Sherobod bekligida yer solig‘i “mavliyot” deb atalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-yanvardagi 06-28-119-son ma’lumotnomasi). Bu esa, yurt tarixini keng targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar ko‘nglida vatanparvarlik, madaniy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga asos bo‘lgan;
yer-suv islohotlari vaqtida “imom”, “amaldor”, “eshon”, “qorovulbegi”, “to‘qsabo”, “miroxur”, “mudarris”, “hoji” unvoniga ega kishilarning xo‘jaliklari siyosiy sabablarga ko‘ra tugatilganligi, boylarning ozgina qismiga imtiyoz berilganligi va bu jarayon “likvidatsiya” nomini olganligi, yer-suv islohotlaridan so‘ng tortib olingan yerlarda tashkil etilgan kolxozlarga Sherobod rayoni va Farg‘ona vodiysi aholisi, shuningdek, quloqlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan askarlar joylashtirilganligi, bo‘ysunmagan kishilar qatag‘on qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 24-yanvardagi 02/08/84-son ma’lumotnomasi). Natijalar yer-suv islohotlari to‘g‘risida qo‘llanma va risolalar tayyorlash hamda turli tadbirlarni o‘tkazishda namuna bo‘lib xizmat qilgan.