Sobirova Xanifa G‘ulamjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Nematodalarning Marshallagia (Nematoda: Trichostrongylidae) avlodi turlarining morfologik va molekulyar-taksonomik tavsifi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B446.
Ilmiy rahbar: Kuchboyev Abdurahim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shakarboyev Erkin Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kavsh qaytaruvchi hayvonlar Marshallagia avlodi nematodalari faunasi, morfologiyasi va molekulyar-taksonomik tavsifi hamda hayvonlar marshallagiozining epizootik jarayon monitoringi va ularga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston kavsh qaytaruvchi hayvonlarida parazitlik qiluvchi Marshallagia avlodi nematodalarining 9 turi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda kavsh qaytaruvchi hayvonlarda Marshallagia schumakovischi Kadyrov, 1959 turi aniqlangan;
ilk bor Marshallagia avlodi ko‘p shaklli turlarining ribosoma va mitoxondria DNKsi genlari markerlari yordamida molekulyar identifikatsiya qilingan;
Marshallagia avlodiga mansub ko‘p shaklli turlarining molekulyar va morfologik ma’lumotlar yig‘indisi yordamida filogenenetik aloqalari asoslangan;
uy mayda shoxli hayvonlarning marshallagioz bilan zararlanishida xo‘jayinning yoshi, yil fasllari va tabiiy mintaqalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi ochib berilgan;
mayda shoxli hayvonlar marshallagioziga qarshi antigel’mintik xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy o‘simliklar yig‘indisidan tayyorlangan ekstraktlar sinalgan va biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston kavsh qaytaruvchi hayvonlari paraziti marshallagia nematodalarining faunasi va sistematikasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
gelmintlarga qarshi ta’sirga ega o‘simliklardan olingan vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiro patenti olingan (№IAP 006935, 2022 u.). Natijada, o‘simliklardan olingan vosita kavsh qaytaruvchi hayvonlar nematodozlariga qarshi kurashishda qo‘llash imkonini bergan;
Marshallagia avlodiga mansub nematoda turlarining nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, Marshallagia marshalli – M12 (MT110919, MT116991), M. occidentalis – M14 (MT110967, MT116997), M. schumakovischi – (MT110926, MT116993), M. trifida – (MT118027, MT116998), M. sogdiana – (MT118024, MT117000), M. dentispicularis – (OP887037, OP804342), M. uzbekistanica (MT118029-MT116990) turlarining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish