Sultonov Sohib Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘p funksionalli to‘ldiruvchilar asosida yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni olish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2166
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ikromjon Iminjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor Beknazarov Xasan Soyibnazarovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sabirov Erkaboy Erkinbaevichlar tavsiya etildi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi kal`siy karbonat, kal`siy stearat, tal`k va kremniy (IV) oksidi asosida yuqori oquvchanlik, gidrofoblik va yong‘in o‘chirish samaradorligiga ega, modifikatsiyalangan yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni yaratish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish hamda yong‘in o‘chirish amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
zamonaviy fizik-kimyoviy jihozlar asosida olingan tahlillarga muvofiq, kal`siy karbonat, kal`siy stearat, tal`k va kremniy (IV) oksidi va ularning turli xil nisbatli mexanik aralashmalaridan tashkil topgan, samarador kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarini olishning optimal konsentratsiyalari aniqlangan;
ilk bor ko‘p funksionalli gidrofob to‘ldiruvchilar va ular asosida yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinishi evaziga, kal`siy karbonat CaCO3, kremniy (IV) oksidi SiO2, kal`siy stearat Ca(C17H35COO)2 kabi kimyoviy birikmalar asosida kremniy 1 va kremniy 2 deb nomlangan yangi olingan yong‘in o‘chirish kukunli tarkiblari olinishiga erishilgan.
yangi kremniy 1 va kremniy 2 deb nomlangan yangi olingan yong‘in o‘chirish kukunli yong‘inlarni tezkorlik bilan o‘chirish imkoniyati va samaradorligi 20–25% gacha yaxshilanligi, yong‘in o‘chog‘iga ko‘kun moddasini tezkorlik purkashi orqali qattiq va suyuq moddalarni benuqson o‘chira olish xususiyati oshirilgan
yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblar yong‘in o‘chirish xossasi bo‘yicha tahlil qilinganda A1, A2, V1 va V2 sinflarga mansub bo‘lgan moddalarni tezkorlik bilan samarali o‘chirishi amaliy jihatdan isbotlanishi bilan birgalikda, yong‘in o‘chirish kukun tarkiblarini to‘liq sanoat miqyosida maxalliylashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasi dan dastlabki namunalari olingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p funksionalli to‘ldiruvchilar asosida yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblar Buxoro viloyati Yong‘indan saqlash jamoat birlashmasi va mazkur birlashmaning Kogon tumani bo‘limi, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida joriy etilgan (Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2023 yil 21 yanvardagi dalolatnomasi). Natijada, yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarning solishtirma samaradorligi mos ravishda import qilingan analoglardan o‘rtacha 25 va 30% ga samarador ekanligi o‘rganilgan. Taklif etilayotgan yong‘in o‘chiruvchi tarkiblar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 24 yanvardagi 6/4/38-210-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni qo‘llanilganda, ularning A1, A2, V1 va V2 sinflarga mansub bo‘lgan moddalarni o‘chirishda yuqori samaradorligi aniqlangan;
Bundan tashqari, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Hayot foliyati xavfsizligi” kafedrasi 5640100-Hayot faoliyati xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi”, “Portlash va yong‘in xavfsizligi” hamda” “Bino va inshootlarni yong‘inga qarshi barqarorligi” fanlarini o‘qitishda joriy qilingan. (Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2022 yil 28 iyundagi dalolatnomasi).