Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligining tashqi siyosiy aloqalari (XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr o‘rtalari)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tar32.
Ilmiy maslahatchi: Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: O‘rakov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, (DSc); Ismailova Janat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining tashqi siyosiy aloqalari masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o’rta asrlardan boshlab o‘zbek davlatchiligida elchilarni oliy darajadagi qabul marosimlari takomillashib borganligi, Buxoro amirligida marosim ishtirokchilari amirning taxtiga nisbatan “yaso” va “yusun” qoidalari asosida o‘ng qo‘l hamda chap qo‘l jihatlariga qarab joylashtirilganligi, qabul marosimlari ana’anaviy urf-odatlarga rioya etilgan holda shig‘ovul mansabi mas’ulligida tashkil qilinganligi, rasmiy qabullarda amirlar elchilarni qo‘shni xonliklar bilan janglardagi yutuq va talofatlariga hamda xalqaro geosiyosiy vaziyatga qarab qabul qilganligi aniqlangan;
mang‘itlar sulolasi hukmdorlari qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarida o‘troq va ko‘chmanchi davlatchilik shakllari sintezi bo‘lgan – Shayboniylar davridan siyosiy meros bo‘lib kelgan Turkiston yerlarining Buxoro amirligi an’anaviy ajralmas hududi sifatida qaraganligi, amirlikning mamlakat ichida, mintaqada, undan ham kengroq miqyosdagi hududlarda yetakchilikka harakat qilib, Turkistonning tashqi aloqalarni belgilab berishga intilganligi isbotlangan;
Buxoro amirlarining davlat miqyosida o‘z raqiblarini bo‘ysundirib, oliy hokimiyat, sulola hukmronligini tan oldirish, siyosiy mavqeini kuchaytirish maqsadidagi o‘zga hududlarni zabt etish harakatlari mamlakat xavfsizligini ta’minlashdan tashqari yangi yerlar, mol-mulklarni qo‘lga kiritish, davlat daromadlarini ko‘paytirish, shialarga qarshi “diniy” urushlar hamda muhim iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tranzit yo‘llarni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi asoslangan;
Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘rtasida elchilik almashinuvlari yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro ziddiyatlarga barham berishga ishora bo‘lsa-da, mintaqa davlatlari o‘rtasida ishonchli munosabatlarning bo‘lmaganligi va siyosiy jarayonlarning o‘zgarib turishi tufayli, xivaliklarning Qo‘qon bilan yaqinlashuvi, Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonga bostirib kirishi va amirlikda ichki separatizmning kuchayib borishi, Buxoro hukmdorlarining Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlari qatorida, siyosiy aloqalarni kengaytirishga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
XIX asrning birinchi choragida Buxoro amirligining Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Shahrisabz, Balx, Marv bekliklari bilan o‘zaro urishlari natijasida yuzaga kelgan siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Amir Haydarning turk sultonidan Buxoroni Turkistondagi yetakchiligini rasmiy tan olib, siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini so‘raganligi, turk sultoni Turkistondagi siyosiy vaziyatlarga betaraf bo‘lsa-da, lekin Usmoniylar davlati va Buxoro amirligi o‘rtasida ma’naviy, diniy yaqinlik tusidagi aloqalarni muntazam davom etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligining tashqi siyosiy aloqalari (XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr o‘rtalari) mavzusidagi tadqiqot natijalarining joriy qilinishi hamda chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
o’rta asrlardan boshlab o‘zbek davlatchiligida elchilarni oliy darajadagi qabul marosimlari takomillashib borganligi, Buxoro amirligida marosim ishtirokchilari amirning taxtiga nisbatan “yaso” va “yusun” qoidalari asosida o‘ng qo‘l hamda chap qo‘l jihatlariga qarab joylashtirilganligi, qabul marosimlari ana’anaviy urf-odatlarga rioya etilgan holda shig‘ovul mansabi mas’ulligida tashkil qilinganligi, rasmiy qabullarda amirlar elchilarni qo‘shni xonliklar bilan janglardagi yutuq va talofatlariga hamda xalqaro geosiyosiy vaziyatga qarab qabul qilganligiga oid natijalar O‘zbekiston tarixi sohasiga oid O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar davlatchiligi tarixi, xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi hamda O‘zbekistonda elchilik munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha) fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 89-05-13-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar davlatchiligi tarixi” “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” va “O‘zbekistonda elchilik munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha)” fanlaridan talabalarda umumiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
mang‘itlar sulolasi hukmdorlari qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarida o‘troq va ko‘chmanchi davlatchilik shakllari sintezi bo‘lgan – Shayboniylar davridan siyosiy meros bo‘lib kelgan Turkiston yerlarining Buxoro amirligi an’anaviy ajralmas hududi sifatida qaraganligi, amirlikning mamlakat ichida, mintaqada, undan ham kengroq miqyosdagi hududlarda yetakchilikka harakat qilib, Turkistonning tashqi aloqalarni belgilab berishga intilganligiga doir natijalardan “Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi” da “Buxoro amirligi tarixi” ga doir ma’lumotlarni boyitishda hamda Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 1 avgustdagi 01-29/01.08.22-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro amirligi tashqi siyosati, xalq diplomatiyasi tarixiga doir mavzularni tarixiy manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan;
Buxoro amirlarining davlat miqyosida o‘z raqiblarini bo‘ysundirib, oliy hokimiyat, sulola hukmronligini tan oldirish, siyosiy mavqeini kuchaytirish maqsadidagi o‘zga hududlarni zabt etish harakatlari mamlakat xavfsizligini ta’minlashdan tashqari yangi yerlar, mol-mulklarni qo‘lga kiritish, davlat daromadlarini ko‘paytirish, shialarga qarshi “diniy” urushlar hamda muhim iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tranzit yo‘llarni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasi asosida 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 5220300 – Arxivshunoslik bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun nashr qilingan “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi. I qism (Eng qadimgi davrlar – XIX asrning o‘rtalari)” darsligining (Toshkent: TURON-IQBOL, 2019. – 416 b.) mazmunida o‘z aksini topgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘i asosidagi guvohnoma). Mazkur natijalar Buxoro amirligida davlat muassasalarining tashqi siyosiy aloqalardagi ahamiyati va o‘rniga oid mavzuni manbalar asosida to‘ldirish barobarida talabalar ilmiy salohiyatining ortishiga ham imkon bergan;
Buxoro, Xiva va Qo‘qon o‘rtasida elchilik almashinuvlari yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro ziddiyatlarga barham berishga ishora bo‘lsa-da, mintaqa davlatlari o‘rtasida ishonchli munosabatlarning bo‘lmaganligi va siyosiy jarayonlarning o‘zgarib turishi tufayli, xivaliklarning Qo‘qon bilan yaqinlashuvi, Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonga bostirib kirishi va amirlikda ichki separatizmning kuchayib borishi, Buxoro hukmdorlarining Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlari qatorida, siyosiy aloqalarni kengaytirishga sabab bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-31-1934-son ma’lumotnomasi). Natijalarning foydalanilishi o‘zbek davlatchiligi tarixidagi tashqi siyosiy aloqalar, diplomatik munosabatlarini ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan.