Nabiev Bekzod Muhammadumarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini mustahkamlashning ma’naviy-mafkuraviy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Fal.641.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori, professor, Isaqova Zamira Ruxitdinovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini mustahkamlashning ma’naviy-mafkuraviy omillarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorlashuvining yetakchi omillari jamiyat integratsiyasi (birdamlik) va xalq madaniyati (qadriyatlar, me’yorlar, ideallar, e’tiqod) shaxsda milliy o‘zlik hamda umuminsoniy negizlarning shakllanishiga ta’sir etishi orqali jamiyatning konstruktiv atributlarini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (iste’mol savati, turmush darajasi, turmush sifati)ni rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy imperativlar (tafakkuri kuchi, idrok qobiliyati) kishilarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga dialektik bog‘liqligi sababli jamiyat intellektual hayotidagi jtimoiy tizimning statik barqarorligini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlar ekanligi asoslangan;
jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida milliy qadriyatlarni ijtimoiy gomeostazini ta’minlovchi asosiy (o‘z-o‘zini boshqaruv va tartibga solish) mexanizmlari insonning kognitiv imkoniyatlarini rivojlantirib jamiyat va shaxs o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlarni ifodalovchi sotsial determinizm ekanligi isbotlangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ijtimoiy hayotning ob’ektiv (sotsial institutlar, xokimiyatning bo‘linish tizimi, siyosiy madaniyat) va sub’ektiv (qonuniylik va samaradorlik) omillariga bog‘liqligi sababli jamiyatning integratsion aloqalarini yuksaltiruvchi ratsional ko‘rsatkichlar atributi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimiz hayotida milliy g‘oyaning substansional va institusional xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorlashuvining yetakchi omillari jamiyat integratsiyasi (birdamlik) va xalq madaniyati (qadriyatlar, me’yorlar, ideallar, e’tiqod) shaxsda milliy o‘zlik hamda umuminsoniy negizlarning shakllanishiga ta’sir etishi orqali jamiyatning konstruktiv atributlarini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (iste’mol savati, turmush darajasi, turmush sifati)ni rivojlanishiga olib kelishiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish” 38-bandi “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida xorij va respublikadagi geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish va oylik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish”mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 16 dekabrdagi 02553-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda va shaxs ongida milliy o‘zlikni anglash va ularda umuminsoniy negizlarning shakllanishi yurtimiz aholisi, xususan yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yanada yuksaltirish kabi ishlar samaradorligiga ta’sir etishi orqali jamiyatning konstruktiv atributlarini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (iste’mol savati, turmush darajasi, turmush sifati)ni ochib berishga xizmat qilgan; rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy imperativlar (tafakkuri kuchi, idrok qobiliyati) kishilarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga dialektik bog‘liqligi sababli jamiyat intellektual hayotidagi jtimoiy tizimning statik barqarorligini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlariga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining O‘zbekiston yoshlar agentligining yoshlarda milliy madaniyatga sodiq qolgan holda umuminsoniy tamoyillar asosida, vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga, “Yangi O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi doirasida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 noyabrdagi 4-13-23-3714-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat intellektual hayotidagi jtimoiy tizimning statik barqarorligi ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlarni aniqlashga xizmat qilgan;
jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida milliy qadriyatlarni ijtimoiy gomeostazini ta’minlovchi asosiy (o‘z-o‘zini boshqaruv va tartibga solish) mexanizmlari insonning kognitiv imkoniyatlarini rivojlantirib jamiyat va shaxs o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlarni rivojlantirishiga oid xulosalaridan Respublika mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazishga oid turli tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etishda Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatlari hamda “Mening oilam – mening baxtim”, “Mahallam – mening fahrim”, “Mahallamning faol tadbirkori va innovatsion tafakkur” kabi loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 02-04/553-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlarda demokratik islohotlarga aksiologik yondashish hamda milliy tafakkurni rivojlantiruvchi qadriyatlar samaradorligini oshirish jamiyat aksiologik dinamikasini ifodalovchi pragmatik indikatorlarini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ijtimoiy hayotning ob’ektiv (sotsial institutlar, xokimiyatning bo‘linish tizimi, siyosiy madaniyat) va sub’ektiv (qonuniylik va samaradorlik) omillariga bog‘liqligi sababli jamiyatning integratsion aloqalarini yuksaltiruvchi ratsional ko‘rsatkichlar atributi ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Guldasta” ma’naviy ma’rifiy musiqiy informatsion dasturi ssenariy rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 18 yanvardagi 02-4-17-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat faoliyatining to‘rt elementi (inson, faoliyat, til, ijtimoiy munosabat) bilan ijtimoiy hayotning ob’ektiv (siyosiy institutlar, xokimiyatning bo‘linish tizimi, siyosiy madaniyat) va sub’ektiv (jamiyatda xokimiyat samaradorligi va qonuniyligi) omillari o‘rtasidagi nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan.