Shahnoza Asatullayevna Abduraximovaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda aholi salomatligi va tibbiy xizmat muammolari (1941-1991 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (Tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tar719.
Ilmiy rahbar: Muhayo Srajidinovna Isakova, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahbarxon Hamidovna Murtazayeva, tarix fanlari doktori, professor; Gavhar Esanovna Mo‘minova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1941-1991 yillarda O‘zbekiston SSRda aholi salomatligi, tibbiy xizmatning holati va sog‘likni saqlash tizimidagi muammolarning o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
urush yillarida tibbiyot boshqaruvi to‘liq harbiylashtirilganligi oqibatida shifokorlar va mavjud dori-darmonlar, asosiy tibbiy vositalar O‘zbekiston SSRda tashkil etilgan 129 ta harbiy gospitallar faoliyatiga yo‘naltirilganligi bois aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yanada og‘ir holatga tushib qolgani hamda ayrim hududlarda bemorlar uchun pulli shifoxonalar tashkil etilganligi aniqlangan; 
urushdan keyingi yillarda sovet hukumati tomonidan belgilab berilgan talabga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlarni asoslashda shifo topganlar emas, ko‘rikdan o‘tkazilgan va ro‘yxatga olingan bemorlar soni muhim ko‘rsatkich hisoblanganligi dalillangan; 
sovet tibbiyotining yutug‘i sifatida targ‘ib etilgan aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonalar, ulardagi joylar hamda bepul davolanish muddatini uzaytirish amaliyoti uydirma bo‘lib, aslida bu o‘zgarishlar xastaliklarning turi va ko‘lami ayniqsa yuqumli kasalliklarning ko‘payishi tufayli yuzaga kelganligi asoslangan; 
talabalarni surunkali mavsumiy dala ishlariga majburiy jalb etilishi, amaliy soatlarining qisqarib ketishi, tibbiyotga oid adabiyotlar va ta’limning rus tilida ekanligi oqibatida bitiruvchilar malakaviy tibbiy ko‘nikmalariga bemorni davolash jarayonida ega bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1941-1945 yillarda O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvi to‘liq harbiylashtirilganligi natijasida barcha shifokorlar va mavjud dori-darmon, asosiy tibbiy vositalar tashkil etilgan 129 ta harbiy gospitallar faoliyatiga yo‘naltirilganligiga oid xulosalar “O‘zarxiv” agentligining arxiv hujjatlarining izohli ro‘yxatini shakllantirilgan (“O‘zarxiv” agentligining 2022-yil 31-oktyabrdagi 01-26-06/1463-son ma’lumotnomasi). Aniqlangan hujjatlar harbiy tibbiyotning shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir tadqiqotlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan; 
urushdan keyingi yillarda SSSR tomonidan belgilab berilgan tartibga ko‘ra, respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlarni raqamlar bilan asoslab berishda davo topganlar emas, aksincha ko‘rikdan o‘tkazilgan va ro‘yxatga olingan bemorlar soni muhim ko‘rsatkich bo‘lganligiga oid nazariy xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 12-sentyabrdagi 485-36-478-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tarixiy manbalar, ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari va yangi ma’lumotlar 1941-1991 yillarda O‘zbekiston SSRda aholi salomatligi va tibbiy xizmatning holatini, sohadagi muammolarni yoritishda, teletomoshabinlarning ijtimoiy hayotga oid tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish