Mamataliyeva Navbahor Xo‘jamberdiyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “vatan” mazmunli aforizmlarning semantikasi va strukturasi”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2573.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Babakulov Ismoil Turkmanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ikromxonova Feruza Ikramovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi “vatan” mazmunli aforizmlarning chog‘ishtirish orqali ularning umumiy, farqli jihatlarini ochish, turli tizimli tillarda ularning semantik hamda strukturaviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon tilshunosligida, jumladan, ingliz va o‘zbek tillaridagi hikmatli so‘zlar paremiologik birlik sifatida dalillanib, vatan mazmunli aforizmlarni yondosh hodisalar bilan etimologik, ma’noviy, sintaktik tomondan farqli va o‘xshash jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida vatan mazmunli aforizmlarning chog‘ishtirma mazmuni ikki xalq tarixi, mentaliteti, madaniyati, har xil dinlar, geografik joylashuvi bilan bog‘liqligi kabi lisoniy-madaniy nomuvofiqliklarni belgilash asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi vatan mazmunli hikmatli so‘zlarni qiyosiy-chog‘ishtirma, kvalitativ va tematikasiga ko‘ra country/vatan, home/uy, neigbourhood/mahalla, doorstep/ostona, place/makon, birth of place/tug‘ilgan joy, earth, ground/yer, tuproq kabilarga bo‘linishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi vatan mazmunli aforizmlarning ifoda planidagi strukturaviy-sintaktik xususiyatlari declarative/darak, interrogative/so‘roq personal sentence/shaxsli gap, impersonal sentence/shaxssiz gap, conjunctive sentence/bog‘langan qo‘shma gap,conjunctionless sentence/ bog‘lovchisiz qo‘shma gap, imperative/buyruq gaplar, unextended sentence/yig‘iq va extended sentence/yoyiq sodda gap, one member sentence/bir tarkibli gap, two-member sentence/ikki tarkibli gap, homogeneous pars of the sentence/ uyushiq bo‘lakli gap shaklidagi aforizmlarning sintaktik tuzilishidagi o‘xshash va farqli tomonlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida vatan mazmunli aforizmlarning semantikasi va struktur tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
aforizm paremiologik birlik sifatida statusiga yangicha munosabat bildirilgan fikrlar, ingliz va o‘zbek tillaridagi hikmatli so‘zlarning semantikasi, lingvomadaniy tahlili haqidagi mulohazalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2022-yil 22-sentyabrdagi 01-20/153/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi aforizmlarning semantikasi va lingvomadaniy tahlili asosida zamonaviy qiyosiy paremiologiyaga doir muammolarning yechimini topishning yangi yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tilidagi vatan leksemasining farqli va o‘xshash tomonlari aniqlanib, ularning hikmatli so‘zlarda namoyon bo‘lish darajasini solishtirib o‘rganish to‘g‘risidagi mulohazalardan “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER-Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022-yil 15-sentyabr 06/12-4169-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida vatan mazmunli aforizmlarning farqli va o‘xshash tomonlari aniqlangan;
qiyosiy adabiyoshunoslik va chog‘ishtirma tilshunoslik sohalariga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimi jarayonini namunali tashkil etish va mustahkamlashda Samarqand davlat chet tillari instituti tomonidan 2014-2015-yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassilik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida vertual resurslar yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari instituning 2022-yil 5-dekabrdagi 3482/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada Innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchi va til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bilimini oshirish shuningdek, vatan leksemasini aforizmlarda yoritish tadqiqiga lingvomadaniy yondashuvni qo‘llash, hikmatli so‘zlarni ingliz tilidan boshqa tillarga tarjima qilishda turli ekspressiv-stilistik vositalardan foydalanish hamda millatni vatan va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishda aforizmlarni yoritish mexanizmini qo‘llash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda, Oliy ta’lim muassasasida o‘tiladigan leksikologiya va tarjimaga doir fanlarning mavzu dioirasini boyitish hamda ularni mukammallashtirishda foydalanilgan;
vatan leksemasini aforizmlarda yoritish tadqiqiga lingvomadaniy yondashuvni qo‘llash, hikmatli so‘zlarni ingliz tilidan boshqa tillarga tarjima qilishda turli ekspressiv-stilistik vositalardan foydalanish hamda millatning vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishda aforizmlardan foydalanish mexanizmini qo‘llash, chet tilini o‘rgatishda paremiologik birliklarni chuqur o‘rganish maqsadida mazkur tadqiqot ishi natijalaridan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan 561624-YERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari instituning 2022-yil 11-noyabrdagi 3355/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil etilgan aforizmlar, ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, dunyoqarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.