Kayumova Shaxnoza Kobiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida taqinchoq nomlarining lingvokulturologik tadqiqi, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2944.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporboyevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qurbonov Parda Axmedovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi taqinchoq nomlarini chog‘ishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlash, turli tizimli tillarda ularning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda ingliz va o‘zbek tillaridagi taqinchoq nomlarining nazariy asoslari aniqlanib, ushbu birliklarning lingvomadaniy aspektda ifodalanish xususiyatlarining mushtarakligi chog‘ishtirilayotgan tillardagi taqinchoq nomlari asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarining ichki resurslariga tayangan holda Head/ Bosh va chakka, Ears and nose/ Quloq va burun, Neck and chest/ Bo‘yin va ko‘krak, Hand and foot/Qo‘l va oyoq, Body/Tana kabi taqinchoq nomlarining semantik maydonining o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi taqinchoq nomlari tegishlilik darajasiga ko‘ra woman/ayol, man/erkak, animal/hayvon, vazifasiga ko‘ra bezak taqinchoqlar, irim-e’tiqod taqinchoqlar, shifobaxsh taqinchoqlar, maishiy xizmat uchun taqiladigan taqinchoqlar, ibodat uchun taqiladigan taqinchoqlar kabi mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari, turli tarixiy-etnografik mintaqalarga xos lokal-hududiy xususiyatlari va ramziy funksiyalari ochib berilgan;
muayyan etnos lingvomadaniyatida taqinchoq nomlari turli yosh doirasidagi, ya’ni, bolalik, qizlik, kelinlik va undan keyingi davr bilan bog‘liq, onalar va keksa momolar taqinchoqlarining nomlari kabi o‘xshash, mulkdor tabaqa vakillari, shahar va qishloqning oddiy fuqarolariga tegishli taqinchoqlarning nomlari kabi farqli xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida taqinchoq nomlarining lingvomadaniy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
tilshunoslikda ingliz va o‘zbek tillaridagi taqinchoq nomlarining nazariy asoslari aniqlanib, ushbu birliklarning lingvomadaniy aspektda ifodalanish xususiyatlarining mushtarakligi chog‘ishtirilayotgan tillardagi taqinchoq nomlari asosida dalillanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillarining ichki resurslariga tayangan holda Head/ Bosh va chakka, Ears and nose/ Quloq va burun, Neck and chest/ Bo‘yin va ko‘krak, Hand and foot/Qo‘l va oyoq, Body/Tana kabi taqinchoq nomlarining semantik maydonining o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar Samarqand davlat chet tillari instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassilik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish (Samarqand davlat chet tillari instituning 2022 yil 5 dekabrdagi 3483/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi taqinchoq nomlarining semantikasi, ularning lingvomadaniy tahlili asosida zamonaviy leksikologiyaga doir muammolarning yechimini topishning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi taqinchoq nomlari tegishlilik darajasiga ko‘ra woman/ayol, man/erkak, animal/hayvon, vazifasiga ko‘ra bezak taqinchoqlar, irim-e’tiqod taqinchoqlar, shifobaxsh taqinchoqlar, maishiy xizmat uchun taqiladigan taqinchoqlar, ibodat uchun taqiladigan taqinchoqlar kabi mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari, turli tarixiy-etnografik mintaqalarga xos lokal-hududiy xususiyatlari va ramziy funksiyalari ochib berilganligi hamda, muayyan etnos lingvomadaniyatida taqinchoq nomlari turli yosh doirasidagi, ya’ni, bolalik, qizlik, kelinlik va undan keyingi davr bilan bog‘liq, onalar va keksa momolar taqinchoqlarining nomlari kabi o‘xshash, mulkdor tabaqa vakillari, shahar va qishloqning oddiy fuqarolariga tegishli taqinchoqlarning nomlari kabi farqli xususiyatlari dalillanganligiga oid mulohazalardan “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER-Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 15 sentabr 06/12-4170-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi taqinchoq nomlarining farqli va o‘xshash tomonlari aniqlanib, ularning xalq madaniyatida namoyon bo‘lish darajasini solishtirib qo‘llanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish