Suvanov Zovqiddin Norqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek badiiy matnlarini filologik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil3042
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Begimov Odil To‘xtamishovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy matnlarini filologik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish va badiiy matn filologik ekspertizasini amalga oshirish masalasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologik ekspertiza badiiy, ilmiy, publisistik matndagi axloqiy normalarga amal qilmagan faktlarni aniqlash uchun maxsus bilimlardan foydalanishga bo‘lgan keskin ehtiyoj samarasi ekanligi aniqlangan;
badiiy matnning filologik ekspertizasida maxsus metodologik tamoyil va kategoriyalarning yondosh hodisalar (badiiy tahlil, adabiy tanqid, lingvistik eksperiza) tizimidagi o‘rnini belgilovchi mezoni dalillangan;
badiiy adabiyotda ko‘tarilayotgan muammo doirasidagi o‘ta muhim til ifodalarini filolog mutaxassisning inson badiiy-intellektual qobiliyatlari doirasidagi pozisiyasini talab qiladigan qonuniy anormal ifodalarni lingvohuquqiy aspektda talqin qilish umumiy metodologik evolyusiyasi aniqlangan;
badiiy matnlarni filologik ekspertiza qilishda mavjud muammoli vaziyat muallifni tiklash, plagiatlik holatini aniqlash, reklama va haqorat mazmunli matnlar bo‘yicha xulosa berishda lingvistik xususiyatlarga muvofiq ekspertiza qilishning metodologik asoslari ochib berilgan;
badiiy asarning mazmunini filologik ekspertiza qilish semantik va formal jihatini lingvistik tegishli qonun me’yorida nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy belgilarga kiruvchi og‘zaki va yozma konstruksiyalar hamda lisoniy birliklarni aniqlashning asosiy yondashuvi sanalishi aniqlangan.
IV. Natijalarning joriy qilinishi. Amaliy filologiyada o‘zbek badiiy matnlarini filologik ekspertiza qilish va ilmiy tadqiq etish natijalari asosida:
filologik ekspertiza badiiy, ilmiy, publisistik matndagi axloqiy normalarga amal qilmagan faktlarni aniqlash uchun maxsus bilimlardan foydalanishga bo‘lgan keskin ehtiyoj samarasi ekanligi aniqlanganiga oid xulosalaridan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 21-yanvardagi 04/1-129-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik tarkibidan o‘rin olgan badiiy matnning lingvistik tekshirilishiga doir mavzuga oid tahlillarning boyishi imkonini berdi;
badiiy adabiyotda ko‘tarilayotgan muammo doirasidagi o‘ta muhim til ifodalarini filolog mutaxassisning inson badiiy-intellektual qobiliyatlari doirasidagi pozisiyasini talab qiladigan qonuniy anormal ifodalarni lingvohuquqiy aspektda talqin qilish umumiy metodologik evolyusiyasi aniqlanganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 21-yanvardagi 04/1-128-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek badiiy matnlari filologik ekspertizasining metodologik asoslari nuqtayi nazaridan lug‘at maqolalarini mukammallashtirish imkonini bergan;
badiiy asarning mazmunini filologik ekspertiza qilish semantik va formal jihatini lingvistik tegishli qonun me’yorida nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy belgilarga kiruvchi og‘zaki va yozma konstruksiyalar hamda lisoniy birliklarni aniqlashning asosiy yondashuvi sanalishi aniqlanganiga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 14-martdagi 01/4-552-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnning filologik ekspertizasida maxsus metodologik tamoyillarini ishlab chiqish imkonini bergan.