Turumbetova Zamira Yusupbayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Globallshuv sharoitida rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuvning ilmiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2600.
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro᾽ziqulovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuv bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallshuv sharoitida rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuvning tarkibiy tuzilmasi ta’limni rivojlantirishning demokratlashtirish, davomiylik, diversifikatsiya, shaxsiylashtirish, xalqarolashtirish, fundamentalizatsiya, standartlashtirish tendensiyalariga mosligini aniqlash hamda maqsadli tahliliy interpretatsiya qilish imkoniyatlariga ustvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’limidagi ilg‘or tajribalarni integratsiyalashishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy, ijtimoiy, maxsus, texnologik, ekstremal kasbiy kompetensiyalarini didaktik jarayon mazmuni bilan nteraktiv pedagogik dastyriy ishlanmalarning ta’limiy-texnologik maqsadlarini izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuv mazmuni ilg‘or xorijiy tajribalarga ko‘ra bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish, plyuralizm, ko‘p variantlilik, muvaffaqiyatli vaziyatlar hosil qilish va refleksiya yondashuv tamoyillari bilan bosqichma-bosqich konstruktiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimiga integratsiyalash samaradorligi o‘qituvchi pozisiyasiga tyuter, fasilatator, supervayzer, edvayzerlik faoliyatini kiritish, hamda ekspedision o‘rganish, so‘rovga asoslangan ta’lim, turli xil nuqtai nazarlar, simulyasiya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar, kinestetik o‘rganish, turli yo‘riqnomalarni intensiv ravishda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimiga integrativ yondashuvning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
globallshuv sharoitida rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuvning tarkibiy tuzilmasi ta’limni rivojlantirishning demokratlashtirish, davomiylik, diversifikatsiya, shaxsiylashtirish, xalqarolashtirish, fundamentalizatsiya, standartlashtirish tendensiyalariga mosligini aniqlash hamda maqsadli tahliliy interpretatsiya qilish imkoniyatlariga ustvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorijiy til va adabiyoti” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 30- dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-56 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik turkum fanlari mazmuni takomillashtirilish imkoni yaratilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’limidagi ilg‘or tajribalarni integratsiyalashishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy, ijtimoiy, maxsus, texnologik, ekstremal kasbiy kompetensiyalarini didaktik jarayon mazmuni bilan interaktiv pedagogik dastyriy ishlanmalarning ta’limiy-texnologik maqsadlarini izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 apreldagi 02-07-1387/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy motivatsiya asosida amaliy faoliyatga o‘rgatish, faollashtirish, o‘z ustida ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik tizimi boyitilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta᾽lim tizimiga integrativ yondashuv mazmuni ilg‘or xorijiy tajribalarga ko‘ra bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish, plyuralizm, ko‘p variantlilik, muvaffaqiyatli vaziyatlar hosil qilish va refleksiya integrativ yondashuv tamoyillari bilan bosqichma-bosqich konstruktiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar Xorijiy til va adabiyoti” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 30- dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-56 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik turkum fanlarni o‘qitish jarayoni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimiga integratsiyalash samaradorligi o‘qituvchi pozisiyasiga tyuter, fasilatator, supervayzer, edvayzerlik faoliyatini kiritish, hamda ekspedision o‘rganish, so‘rovga asoslangan ta’lim, turli xil nuqtai nazarlar, simulyasiya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar, kinestetik o‘rganish, turli yo‘riqnomalarni intensiv ravishda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 apreldagi 02-07-1387/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimiga integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.