Yuldasheva Malohat Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Ped3067. 
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfuddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universisteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Valixanova Nigora Abduqaxorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari muammoli topshiriqlarni yecha olish, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro sog‘lom raqobatlashish, mustaqil qaror qabul qilish tezligini oshirish hamda bilish faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini individual xususiyatlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish samaradorligi yangi bilimlarni ijodiy qabul qilishga o‘rgatish, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirish, faol ijodiy mustaqil ishlashni tashkil etish, kognitiv xarakterdagi maxsus didaktik faoliyatni rivojlantirish hamda didaktik o‘quv vaziyatlarni ta’lim maqsadlariga mos bosqichma-bosqich tarkib toptirish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish modeli axborotlar bilan ishlash kommunikativligini oshirish, o‘zini-o‘zi ijodiy rivojlantirishga ko‘mklashish hamda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni pedagogik jarayon tuzilmaviy mazmuniga refleksiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish mezonlari intesiv o‘quv vaziyatlarini tanlash va loyihalashtirish, bilish faoliyatini rivojlantiruvchi innovatsion-pedagogik texnologiyalarning didaktik xususiyatlarini individual ta’lim trayektoriyasi refleksiyasiga ko‘ra tadrijiy ravishda aniqlash hamda ta’limning shaxsga yo‘naltirilganlik mazmuniga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari muammoli topshiriqlarni yecha olish, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro sog‘lom raqobatlashish, mustaqil qaror qabul qilish tezligini oshirish hamda bilish faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini individual xususiyatlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umimiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 126-son buyrug‘i asosida berilgan 166-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonining mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish samaradorligi yangi bilimlarni ijodiy qabul qilishga o‘rgatish, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirish, faol ijodiy mustaqil ishlashni tashkil etish, kognitiv xarakterdagi maxsus didaktik faoliyatni rivojlantirish hamda didaktik o‘quv vaziyatlarni ta’lim maqsadlariga mos bosqichma-bosqich tarkib toptirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 126-son buyrug‘i asosida berilgan 166-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini belgilash asosida ularda bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlanganligini baholash mezonlari aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish modeli axborotlar bilan ishlash kommunikativligini oshirish, o‘zini-o‘zi ijodiy rivojlantirishga ko‘mklashish hamda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni pedagogik jarayon tuzilmaviy mazmuniga refleksiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 126-son buyrug‘i asosida berilgan 166-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish mezonlari intesiv o‘quv vaziyatlarini tanlash va loyihalashtirish, bilish faoliyatini rivojlantiruvchi innovatsion-pedagogik texnologiyalarning didaktik xususiyatlarini individual ta’lim trayektoriyasi refleksiyasiga ko‘ra tadrijiy ravishda aniqlash hamda ta’limning shaxsga yo‘naltirilganlik mazmuniga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 126-son buyrug‘i asosida berilgan 166-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faolligini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish