Xurramov Isroil Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirshning etnopedagogik asoslari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped849.
Ilmiy rahbar: Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Musaev Jaxongir Payozovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekopedagogik muhitni yaratishga qaratilgan tashkiliy-metodik, ta’limiy-pedagogik, komponentlar didaktik yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim mazmunini pedagogik loyihalash va ekologik madaniyatning tuzilmaviy-mazmunli xususiyatlarini izohlovchi tushunchalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni yuksak ma’naviyatli shaxsning ekologik madaniyatini rivojlantirishning tadrijiyligiga erishish, ekologik faollik, mas’uliyat, burch singari sifatlar bilan milliy an’ana va qadriyatlar kabi ijtimoiy mental xususiyatlarini tabiiy resurslarni muhofaza qilishga undovchi bunyodkorlik qobiliyatlariga transorfmatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar ekologik kompetentligini baholash mezonlari ekologik madaniyatning psixologik va huquqiy komponentlarni, motivatsion-qadriyatli, kreativ-faoliyatli ta’limning uzviyligini ta’minlash hamda ekologik faollikni rag‘batlantirishning hududiy va milliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modeli ekologik ta’lim texnologiyalari, tabiyatga ma’naviy mas’ulligini oshiruvchi media loyihalar, didaktik vositalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda ekodunyoqarashini yuksaltirishning didaktik imkoniyatlardan foydalanish amaliyligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekopedagogik muhitni yaratishga qaratilgan tashkiliy-metodik, ta’limiy-pedagogik, komponentlar didaktik yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim mazmunini pedagogik loyihalash va ekologik madaniyatning tuzilmaviy-mazmunli xususiyatlarini izohlovchi tushunchalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan A7-XT-1-29687 raqamli “O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 apreldagi 02-07-183/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligi rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni yuksak ma’naviyatli shaxsning ekologik madaniyatini rivojlantirishning tadrijiyligiga erishish, ekologik faollik, mas’uliyat, burch singari sifatlar bilan milliy an’ana va qadriyatlar kabi ijtimoiy mental xususiyatlarini tabiiy resurslarni muhofaza qilishga undovchi bunyodkorlik qobiliyatlariga transorfmatsiyalash asosida takomillashtirishga oid nazariy-ilmiy asoslangan tahliliy materiallar A7-XT-1-29687 raqamli “O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 apreldagi 02-07-183/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
 bo‘lajak o‘qituvchilar ekologik kompetentligini baholash mezonlari ekologik madaniyatning psixologik va huquqiy komponentlarni, motivatsion-qadriyatli, kreativ-faoliyatli ta’limning uzviyligini ta’minlash hamda ekologik faollikni rag‘batlantirishning hududiy va milliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 apreldagi 02-07-183/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni etnopedagogik yondoshuvlar asosida rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modeli ekologik ta’lim texnologiyalari, tabiatga ma’naviy mas’ulligini oshiruvchi media loyihalar, didaktik vositalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda ekodunyoqarashini yuksaltirishning didaktik imkoniyatlardan foydalanish amalyligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2022 yil 6 dekabrdagi 06-28-2010-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish