Olimov Laziz Yarashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligi namoyon etilishi va rivojlanishi”, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P440.
Ilmiy rahbar: Usmanova Manzura Naimovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06. 
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud psixolog eksperti faoliyatida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishini aniqlash va ularning kasbiy kompetentlik bilan o‘zaro mutanosib rivojlanishi asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud psixolog ekspertining ekspertiza jarayonida tayanch kompetensiyalarning shakllantirilishiga kognitiv, emotsional, xulqiy omillarini ish tajribasidan kelib chiqib o‘zaro mutanosib ravishda dinamik rivojlanishi faoliyat samadorligini ta’minlashda individual va differensial farqlarga bog‘liqligi asoslangan;
sud psixologik ekspertizalarning sifatli o‘tkazilishini ta’minlashda sud psixolog eksperti emotsional holatlarining barqarorligi intellektual boshqaruvga, kasbiy faoliyat jarayonida ijodiy impulslar va intuisiyalarni namoyon etilishida emotsiyaga zarurat borligiga ko‘ra, sud psixolog eksperti emotsional intellektining ijtimoiy-psixologik kompetentligi mezonlariga o‘zaro bog‘liq ravishda rivojlanishi isbotlangan;
sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning kasbiy kompetentlik bilan ijobiy aloqadorlikda to‘g‘ri proporsionalligi, malaka va kasbiy bilimdonligiga ko‘ra sifatli sud psixologik ekspertizalarni o‘tkazish uchun ustivor xarakterga ega ekanligi “Sud psixolog eksperti kasbiy kompetentligi o‘quv moduli”ni qo‘llashning ahamiyati dalillangan;
sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ kompetentlik, sud psixologik ekspertizasiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapazoni va emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining muhimligiga ko‘ra psixodiagnostik metodlarni qo`llashda hissiy-irodaviy, kognitiv va kommunikativ motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligi namoyon etilishi va rivojlanishi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sud psixolog ekspertining ekspertiza jarayonida tayanch kompetensiyalarning shakllantirilishiga kognitiv, emotsional, xulqiy omillarini ish tajribasidan kelib chiqib o‘zaro mutanosib ravishda dinamik rivojlanishi faoliyat samadorligini ta’minlash individual va differensial farqlarga bog‘liqligi asoslangan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 5210204-Psixologiya (oila psixologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Psixodiagnostika va psixometrika asoslari” nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘i). Natijada sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan;
sud psixologik ekspertizalarning sifatli o‘tkazilishini ta’minlashda sud psixolog eksperti emotsional holatlarining barqarorligi intellektual boshqaruvga, kasbiy faoliyat jarayonida ijodiy impulslar va intuisiyalarni namoyon etilishida emotsiyaga zarurat borligiga ko‘ra, sud psixolog eksperti emotsional intellektining ijtimoiy-psixologik kompetentligi mezonlariga o‘zaro bog‘liq ravishda rivojlanishi isbotlangan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Umumiy psixodiagnostika” nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i). Natijada sud psixolog ekspertlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan boyitilishga erishilgan;
sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning kasbiy kompetentlik bilan ijobiy aloqadorlikda to‘g‘ri proporsionalligi, malaka va kasbiy bilimdonligiga ko‘ra sifatli sud psixologik ekspertizalarni o‘tkazish uchun ustivor xarakterga ega ekanligi “Sud psixolog eksperti kasbiy kompetentligi o‘quv moduli”ni qo‘llashning ahamiyati dalillangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-87-a-sonli buyrug‘iga asosan “Yuridik psixologiya” fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-87-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi natijasida sud psixolog ekspertlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ kompetentlik, sud psixologik ekspertizasiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapazoni va emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining muhimligiga ko‘ra psixodiagnostik metodlarni qo`llashda hissiy-irodaviy, kognitiv va kommunikativ motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-87-a-sonli buyrug‘iga asosan “Individual va guruhiy konsultatsiya” fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-87-a-son ma’lumotnomasi). Natijada sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish