Saitkulova Nazokat Rahmonovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining akademik mobilligini rivojlantirish texnologiyalari (mustaqil ta’lim misolida)”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4024.
Ilmiy rahbar: Qorayev Samariddin Barakayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ortiqova Muhayyoxon, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatasiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining akademik mobilligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining akademik mobilligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari talabalar faoliyatining differensial darajalanishini baholashga mo‘jallangan transformativ-diagnostika dasturini o‘zgaruvchan muhitga tez moslashuvchanlikni ta’minlaydigan imitatsion mashg‘ulotlarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning milliy va xalqaro ta’lim muhitida muvaffaqiyatli harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv va operatsion komponentlari daxldorlik, moslilik kabi ta’lim mazmuniga oid qiyoslanuvchi tamoyillarni mustaqil ta’lim jarayoniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarining akademik mobilligini mustaqil ta’lim jarayonida rivojlantirish modeli o‘quv materialini qayta ishlashning vizual, audial va diskret strategiyalarini o‘lchamlilik, o‘zaro tobelanish va mustaqil natijadorlik kabi axborotli kontentni yaratishga qo‘yiluvchi talablarga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarining akademik mobilligini mustaqil ta’lim jarayonida rivojlantirish texnologiyalari kasbiy keyslarni tezkor bajarishga o‘rgatuvchi topshiriqlarning yakka va jamoaviy modellaridan inson va texnika resurslarini optimal safarbarlikka yo‘naltiruvchi muhitda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining akademik mobilligini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olib boilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalar faoliyatining differensial darajalanishini baholashga mo‘jallangan transformativ-diagnostika dasturini o‘zgaruvchan ta’lim muhitiga tez moslashuvchanligini ta’minlaydigan imitatsion mashg‘ulotlarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining akademik mobilligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaxshilash, metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Akademik mobillik: muammolar, yechimlari va istiqbollari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi O‘zbekiston harbiy aviatsiya bilim yurtining 2022 yil 12-noyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish faoliyatining samaradorligiga erishilgan;
talabalarning milliy va xalqaro ta’lim muhitida muvaffaqiyatli harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv va operatsion komponentlari, o‘quv materialini qayta ishlashning vizual, audial va diskret strategiyalarini o‘lchamlilik, o‘zaro tobelanish va mustaqil natijadorlik kabi axborotli kontentni yaratishga qo‘yiluvchi talablarga qo‘llash asosida takomillashtirilgan talabalarining akademik mobilligini mustaqil ta’lim jarayonida rivojlantirish modeliga oid taklif va tavsiyalar “Mustaqil ta’lim talabalarning akademik mobilligi, o‘zlashtirish darajasi va qobilyatini rivojlantrirsh omili sifatida” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi O‘zbekiston harbiy aviatsiya bilim yurtining 2022 yil 30-avgustdagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ishlash jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
kasbiy keyslarni tezkor bajarishga o‘rgatuvchi topshiriqlarning yakka va jamoaviy modellaridan inson va texnika resurslarini optimal safarbarlikka yo‘naltiruvchi muhitda qo‘llash asosida takomillashtirilgan talabalarining akademik mobilligini mustaqil ta’lim jarayonida rivojlantirish texnologiyalariga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar “Ingliz tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2022 yil 12 noyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarining akademik mobilligini mustaqil ta’lim jarayonida rivojlantirish o‘quv materialini qayta ishlashning vizual,audial va diskret strategiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.