Mamajonova Gulnoza Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotiga bioetika ta’sirining ijtimoiy-falsafiy
tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal637.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muandislik–qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni: Nurmatova Mukaram Ahmedovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilyevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti va reproduktiv texnologiyalardan foydalanishga bo‘lgan ma’naviy munosabatlarida bioetikaning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash tizimidagi kasbiy deontologik (sofdillik, ziyraklik, samimiylik) qadriyatlar prakseologik faoliyatda bioetikaning zamonaviy (biomas’uliyat, bioetik tafakkur, sotsial determinizm, etikaviy optimizm) paradigmalarini rivojlantirishi orqali jamiyatda avlodlar davomiyligini ta’minlovchi immanent xususiyatlar ekanligi aniqlangan;
bioetik tibbiyot manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy komponent mexanizmlari (ijtimoiy nazorat, mas’uliyat, javobgarlik, burch) shaxs tafakkuridagi pragmatizm va ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashi orqali jamiyatda bioetik dilemmalarini hal etuvchi qadriyatlar (inson-jamiyat-tajriba) birliginining atributi ekanligi asoslangan;
jamiyatda tibbiyotning madaniy konfiguratsiyasi zamonaviy madaniyatda shaxs individualligini yaxlitlik sifatida himoya qilishi sababli bioetik axloqiy erkinlik orqali kauzal qonunni keltirib chiqaruvchi detirminat ekanligi ochib berilgan;
ijtimoiy munosabatlarda reproduktiv texnologiyalar (klonlash, evtanaziya, invitro urug‘lantirish, transplantatsiya, klinik sinov, gen injenerligi) dan foydalanish bioetik yondashuvlarni takomillashtirish zururiyatini keltirib chiqishi sababli deontologik etikaning inson qadr-qimmati, sha’ni, vijdon kabi ratsional ta’sir mexanizmlari ijtimoiy taraqqiyot omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat taraqqiyotida bioetikaning ijtimoiy rolining mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan taqiqot natijalari asosida:
sog‘liqni saqlash tizimidagi kasbiy deontologik (sofdillik, ziyraklik, samimiylik) qadriyatlar prakseologik faoliyatda bioetikaning zamonaviy (biomas’uliyat, bioetik tafakkur, sotsial determinizm, etikaviy optimizm) paradigmalarini rivojlantirishi orqali jamiyatda avlodlar davomiyligini ta’minlovchi immanent xususiyatlariga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021-yillarda o‘tkazilgan aholining turli qatlamlari ongiga sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning zarurligini singdirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 23-noyabrdagi 949-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-madaniy (insonparvarlik, samimiylik, burch, ma’suliyat) qadriyatlar bioetikaning zamonaviy ijtimoiy paradigmalari (biomas’uliyat, bioetik dunyoqarash, sotsial determinizm, etikaviy optimizm) bilan o‘zaro ijtimoiy tasavvurni shakllantirishga xizmat qilgan;
bioetik tibbiyot manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy komponent mexanizmlari (ijtimoiy nazorat, mas’uliyat, javobgarlik, burch) shaxs tafakkuridagi pragmatizm va ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashi orqali jamiyatda bioetik dilemmalarini hal etuvchi qadriyatlar (inson-jamiyat-tajriba) birligini ta’minlashiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020-2021-yillardagi targ‘ibot faoliyatlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022-yil 5-yanvardagi 02-02/12-son ma’lumotnomasi); Natijada, bioetikaning deontologik komponentining aksiologik komponentdan ustunlik qilishi, ijtimoiy munosabatlar doirasida shaxsning ichki nazorat mexanizmlari (ijtimoiy mas’uliyat, javobgarlik, burch) jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi asosiy omillarini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda tibbiyotning madaniy konfiguratsiyasi zamonaviy madaniyatda shaxs individualligini yaxlitlik sifatida himoya qilishi sababli bioetik axloqiy erkinlik orqali kauzal qonunni keltirib chiqaruvchi hamda jismoniy va ruhiy daxlsizligini ta’minlashiga doir xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26 maydagi 06-28-641-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomashabinlarga bioetika sohasida erishilayotgan yutuqlar, O‘zbekistonda transplantologiya bo‘yicha qonunning ahamiyati, xosbislarda umrning so‘ngi damlarni og‘riqsiz o‘tkazishga sharoitlar yaratish haqidagi bilimlarni yetkazishga xizmat qilgan;
ijtimoiy munosabatlarda reproduktiv texnologiyalar (klonlash, evtanaziya, invitro urug‘lantirish, transplantatsiya, klinik sinov, gen injenerligi) dan foydalanish bioetik yondashuvlarni takomillashtirish zururiyatini keltirib chiqishi sababli deontologik etikaning inson qadr-qimmati, sha’ni, vijdon kabi ratsional ta’sir mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021-yillarda o‘tkazilgan aholining turli qatlamlari ongiga sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning zarurligini singdirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 23-noyabrdagi 949-son ma’lumotnomasi). Natijada, bioetika hayotning qadri va sifatini oshirishning axloqiy me’yori bo‘lganligi sababli insonning jismoniy va ruhiy daxlsizligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash sohasida imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan.